17 sen 09:04
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbek yo'lbarslari navbatdagi yig'inni boshladi
So'nggi yarim yil ichida boks bo'yicha O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi vakillari ilk bor to'liq tarkibda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshlab yuborishdi.
Mazkur yig'inlar mobaynida O'zbekiston boks federaciyasi tomonidan sanitariya-gigiena qoidalariga to'liq rioya qilinmoqda. Yig'in oldidan bokschilarimiz Milliy olimpiya qo'mitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tishdi.
Ayni paytda bosh murabbiy Marat Qurbonov boshchiligida charm qo'lqop ustalarimiz belgilangan reja bo'yicha mashg'ulotlarni boshlab yuborishgan. Yig'in Toshkent viloyati Angren shahridagi Yangiobod o'quv bazasida o'tkazilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar