27 apr 19:21
Yangiliklar

O'zbekiston 7 ta medal bilan Osiyo chempionatini umumjamoa hisobida 2-o'rinda yakunladi (+Jadval)
Uch kun davomida qitamizning 29 davlati dzyudochilari jami 14 (7 ta erkaklar, 7 ta ayollar) ta vazn toifasida medallar uchun bahs olib borishdi. Murosasiz kechgan kichik jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medaliga ega chiqdi. Bu natija evaziga dzyudochilarimiz umumjamoa hisobida 2-o'rinni egallashdi.
Taqqoslash uchun, o'tgan yili Gonkongda o'tgan Osiyo chempionatida terma jamoamiz 1 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan 5-pog'onadan joy olgandi. Bu safargi qita chempionatida ham xuddi o'tgan yilda bo'lgani singari Yaponiya terma jamoasi 8 ta oltin medal bilan birinchi o'rinni band etdi.
Kuchli uchlikka Koreya Respublikasi dzyudochilari 2 ta oltin, 1 ta ta kumush, 3 ta bronza bilan yakun yasashdi. Bitta ortiqcha kumush medal bizga 2-o'rinni taqdim etdi. Xitoy Xalq Respublikasi va Bahrayn davlatlari hisobida bir nafardan chempion bo'ldi. Jami 13 mamlakat delegaciyalari o'z yurtlariga kamida 1 ta bronza medali bilan qaytadigan bo'lishdi.
Fikrlar