So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

01 apr 08:26
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston Antaliya "Katta Dubulg'a" turniridagi ishtirokini nechanchi o'rinda yakunladi?

Uch kun davomida Turkiyaning Antaliya shahri dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnirga mezbonlik qildi.

Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etgan ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasining 19 nafar dzyudochisi ham medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun bahs olib bordi. Ulardan birgina -73 kg vazndagi dzyudochimiz SHahram Ahadov terma jamoamizga yagona bo'lgan bronza medalini taqdim etdi. 

Bronza medali uchun kechgan bellashuvlarda mag'lubiyatga uchragan Sita Kadambaeva (-52 kg), Davlat Bobonov (-90 kg) va SHohruhxon Baxtiyorov (+100 kg) 5-o'rinni band etishdi. Dilshodbek Baratov (-60 kg) esa 7-o'rin bilan kifoyalandi. Qolgan dzyudchilarimiz chorak finalga etib kela olishmadi. 

Uch kunlik bahslari yakuniga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 1 ta bronza medali bilan dunyoning 93 davlati orasida 18-o'rinni egalladi. Bittadan kumush va bronza medalini qo'lga kiritgan Tojikiston terma jamoasi qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 13-pog'onadan joy oldi. 

Kutilganidek, Yaponiya terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha katta ustunlik bilan peshqadamga aylandi. Dzyudo vatani vakillari 5 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medaliga egalik qilishdi. Afsonaviy Teddi Riner boshchiligidagi Franciya 3 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Rinerning o'zi ham chempionlik shohsupasiga ko'tarildi. Kuchli uchlikka 1 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan Kanada terma jamoasi yakun yasab berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing