13 may 14:12
Yangiliklar
O'zbekiston Astana Barysy Grand Slam`da 84 davlat orasida nechanchi o'rinni egalladi?
Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil qilgan Barysy Grand Slam 2024 musobaqasida dunyoning 5 qitasi 84 davlatidan jami 450 nafar (235 erkak, 215 ayol) dzyudochi ishtirok etdi. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasi azolari ham turnir medallari hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun bahs olib borishdi.
Yakunda terma jamoamiz SHarofiddin Boltaboevning oltin medali evaziga 84 davlat orasida 9-o'rinni egalladi. Yaponiya terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha birinchi bo'ldi. Dzyudo vatani vakillari Astanada 2 ta oltin, 4 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Italiya 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka 1 tadan oltin, kumush va bronza medallari bilan Xitoy terma jamoasi yakun yasadi.
Top-10`talikdan Xorvatiya, Qozog'iston, Franciya, Portugaliya, Isroil va Kanada terma jamoalari joy olgan. Astana "Katta Dubulg'a" turniri Olimpiadada oldidan o'tkazilgan so'nggi musobaqa bo'ldi. Endi navbat Abu-Dabi shahri mezbonligida o'tadigan 37-Jahon chempionatiga!
Fikrlar