09 apr 15:13
Yangiliklar
Dzyudo
O'zbekiston ayollar terma jamoasi Yaponiyaga etib bordi
Marko Spittka va Jamshid Xudoyberganov boshchiligidagi O'zbekiston ayollar terma jamoasi Yaponiyaning Tokio shahrida o'tkaziladigan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etish uchun Kunchiqar yurtga etib bordi.
Ushbu yig'in 7-14 may kunlari Qatar davlati mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Dzyudo vatanidagi mashg'ulotlar 21 aprelga qadar davom etadi.
Tokioga yo'l olgan tarkib:
Halimajon Qurbonova (-48 kg), Sita Kadambaeva (-52 kg), Diyora Keldiyorova (-52 kg), SHukurjon Aminova (-57 kg), Nilufar Ermaganbetova (-57 kg), SHohista Nazarova (-70 kg), Gulnoza Matniyazova (-70 kg), Irisxon Qurbonboeva (-78 kg).
Murabbiylar: Marko Spittka (Federaciya sport direktori), Jamshid Xudoyberganov
SHifokor: Javlon Hasanov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar