02 mar 19:01
Yangiliklar
O'zbekiston boks federaciyasi JCH-2023 yuzasidan bayonot berdi
Bugungi kunda dunyoda hukm surayotgan siyosiy vaziyat sabab ayrim internet manbaalari va ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 30 aprel - 14 may kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan boks bo'yicha jahon chempionati haqida noxolis xabarlar tarqalmoqda. O'zbekiston boks federaciyasi shu o'rinda vaziyatga oydinlik kiritib o'tadi.
Har ikki yilda bir marta o'tkaziladigan kattalar o'rtasidagi jahon chempionati Xalqaro boks associaciyasi (IBA) tomonidan tashkil etiladi. O'zbekiston tomoni musobaqada ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tgan mamlakatlarning qatnashish yoki qatnashmasligini belgilash vakolatiga ega emas. O'zbekiston musobaqani o'tkazuvchi davlat hisoblanadi va tashkiliy masalalar bilan shug'ullanadi.
CHempionat qatnashchilari, terma jamoalar, sportchi va murabbiylar, hakamlarni ro'yxatdan o'tkazish IBA tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatimiz musobaqani qabul qilish huquqini qo'lga kiritgan vaqtda terma jamoalar yoki sportchilarning xalqaro turnirlardagi ishtiroki bo'yicha bugungi cheklovlar yo'q edi.
O'zbekiston xalqaro sport normalariga rioya qiluvchi davlat bo'lib, sport siyosatdan holi tamoyilini qo'llab-quvvatlaydi, deyiladi federaciya bayonotida.
Fikrlar