So’nggi yangiliklar

20:26Махачев Колби Ковингтоннинг таклифини қабул қилди: "Унинг ҳеч қандай имконияти йўқ!" 0 19:38Жон Маккарти UFC`дан четлатилиш сабабларини айтди 0 19:07Португалия президенти Роналдунинг кетиши ҳақида: "Мамлакатни бутун дунёга танитганинг учун ташаккур!" 0 18:36Тошкентда бўлиб турган Ислам Махачев Шавкат Раҳмонов ҳақида фикр билдирди 0 18:11Акбар Жўраев 2 та жаҳон рекордини янгилаб, тўрт карра Жаҳон чемпиони бўлди 0 18:05Chennai Open. Кудерметова биринчи ракеткага қарши уч сетлик учрашув ўтказди 0 17:34Сафонов, Головин ва Батраков Россия терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин қайдномасига киритилди 0 17:03Ёшларимизнинг жаҳон чемпионатига тайёргарлиги давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:32Қайтишини айтган Топурия энг эҳтимолий рақибини ҳам маълум қилди 0 16:01Емельяненко ва Махачев жаҳон самбосининг расмий элчилари бўлишди 0 15:30"Барселона" мавсумнинг дастлабки 15 та ўйинида 60 та гол урди — бу бир аср ичидаги энг яхши кўрсаткич 0 14:59Карлос Пратес UFC`даги гонорарини маълум қилди: "Жуда хурсандман!" 0 14:28Мерганларимиз Жаҳон чемпионатида тарихий бронза медалини қўлга киритди 0 13:57Дакар-2026 ёшлар Олимпиадасида бугун бир спортчимизга мухлислик қиламиз 0 13:26Ислам Махачев фаолиятини якунлаши ҳақида: "Онамга қулоқ соламан" 0

26 avg 23:00
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekiston boks terma jamoasining yangi murabbiylar shtabi rasman tanishtirildi: shtabdan kubalik mutaxassislar ham o'rin olgan

Bundan bir necha kun oldin O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy To'lqin Qilichev boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida elon qilingandi.

Kecha O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida To'lqin Qilichev boshchiligidagi yangilangan murabbiylar shtabining rasman tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi. 

Unga ko'ra, endi O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabida quyidagi mutaxassislar faoliyat olib borishadi: 

1. Bosh murabbiy: To'lqin Maxmurovich Qilichev

Respublikamizda boksni yanada rivojlantirishda o'zining yuksak hissasini qo'shib kelayotgan “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy”dir. Uzoq yillardan beri terma jamoada katta trener sifatida faoliyat olib bormoqda. O'zbek boksiga Bahodir Jalolov, Murodjon Ahmadaliev, Isroil Madrimov, Elnur Abduraimov va yana ko'plab taniqli chempionlarni etkazib bergan. 


2. O'zbekiston boks federaciyasi maslahatchisi: Karlos Ivan Fuentes Vilyanueva

Boks sport turida deyarli 50 yillik tajribaga ega. Kubada bugungi zamonaviy va milliy boks uslubi asoschilaridan biri. Boks sport turi bo'yicha professor. 

Karlos Ivan Angola, Hindiston, Pokiston, Venesuela, Meksika, Tayvan, Turkiya kabi mamlakatlarda ijobiy faoliyat olib borgan. Takidlash joizki, xorijlik mutaxassis Kuba terma jamoasining bugungi kundagi bosh treneri Rolando Asebalning ustozi hisoblanadi. 

Karlos Ivan boshchiligida bugungi kunda o'zbek boksining dunyodagi etakchiligini saqlab qolish va davom ettirish, yuqori malakali sportchilarni tayyorlash va ularni kelgusida ham jaxon arenalarida o'z iqtidorlarini to'laqonli namoyon etishlari maqsadida O'zbekistonda bokschilarni tayyorlashning “milliy standarti” qo'llanma sifatida ishlab chiqilmoqda. 


3. Boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi katta murabbiyi: Xuan Enrike Steyners Tissert

Kuba terma jamoasi trenerlar shtabida uzoq vaqt davomida faoliyat olib borgan. SHuningdek, Ispaniya, Filippin, Venesuela milliy terma jamoalarining trenerlar shtabida faoliyat olib borgan tajribali trener hisoblanadi. Olimpiya o'yinlari g'olibi va jahon chempioni Roniel Iglesiasning shaxsiy treneridir. 


4. Boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi: Xulio Li Xechevarriya

Murabbiylik faoliyati davomida Kambodja, Indoneziya, Tailand, Misr kabi mamlakatlarda boks sport turini yuqori pog'onaga olib chiqilishida xizmat qilgan. Xulio Li ikki karra Olimpiya o'yinlari oltin medal sohibi Ektor Vinent va bir qator mahoratli sovrindor bokschilarning treneri hisoblanadi.  


5. Boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi trener-fizioterapevti: Xesus Alberto Morales Montero

Kuba sport tibbiyoti milliy instituti mutaxassisidir. Tibbiyot va reabilizaciya yo'nalishida bir qator xalqaro kurslar bitiruvchisi. SHu davrgacha Kuba beysbol terma jamoasi fizioterapevti sifatida faoliyat olib kelgan mutaxassisdir. Janob Xesus endilikda boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida o'zbek bokschilarining fiziologik holatini kuchaytirish va yaxshilashga o'z hissasini qo'shadi. 

SHuningdek, terma jamoamizning yana bir tajribali murabbiyi Rahmatjon Ro'zioxunov ham murabbiylar shtabidagi faoliyatini davom ettiradi. U kishi safarda bo'lganligi bois tadbirda ishtirok eta olmadi. 

Rasmiy tanishtiruv marosimidan so'ng murabbiylar OAV xodimlari va mutaxassislar savollariga javob qaytarishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing