03 noy 13:08
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekiston chempionati. Nodirjon Mirzahmedov jangsiz chorak finalga chiqdi + FOTO
Toshkent shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati davom etmoqda.
Bugun musobaqa doirasida Osiyo chempioni Nodirjon Mirzahmedov ilk jangini o'tkazishi lozim edi. Ammo uning raqibi samarqandllik Zarshod Jalolov ringga o'z vaqtida chiqmaganligi sababli Nodir avtomatik ravishda keyingi bosqichga yo'l oldi.
Endi Mirzahmedov yarim final yo'llanmasi uchun Jizzax vakili Elmurod Normurodovga qarshi jang qiladi. Elmurod chorak finalda Toshkent vakili Husan Qoraxo'jaevdan ustun keldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar