16 noy 15:34
Yangiliklar
O'zbekiston chempionatiga Samarqand viloyati saralash bosqichi o'tkazildi
Musobaqaga poytaxtimizdagi "Universal" sport saroyi mezbonlik qiladi. Uch kun davomida erkaklar va ayollar o'rtasida jami 14 ta vazn toifasida g'olib hamda sovrindorlar aniqlanadi.
SHu kunlarda esa Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida O'zbekiston chempionatiga saralash musobaqalari o'tkazilmoqda. Xususan, murabbiylar saralash orqali Samarqand viloyati jamoasini aniqlab olishdi.
Samarqand olimpiya zaxiralari kollejida o'tgan saralash turnirida viloyatning barcha tumanlaridan kelgan yuz nafardan ziyod dzyudochilar ishtirok etishdi. Erkaklar -60. -66, -73, -81, -90, -100, +100, ayollar esa -48, -52, -57, -63, -70, -78 hamda +100 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishdi. Yakunda O'zbekiston chempionatida Samarqand viloyati sharafini himoya qiluvchi 45 (30 erkak, 15 ayol) nafar dzyudochi saralab olindi.
Fikrlar