15 noy 17:11
Yangiliklar
O'zbekiston chempionatiga Toshkent shahar saralash bosqichi o'tkazildi FOTOGALEREYA
Aniqrog'i, belgilangan sanalarda O'zbekiston chempionati o'tkaziladi. Kattalar o'rtasidagi musobaqaga poytaxtimizdagi "Universal" sport saroyi mezbonlik qiladi. Uch kun davomida erkaklar va ayollar o'rtasida jami 14 ta vazn toifasida g'olib hamda sovrindorlar aniqlanadi.
SHu kunlarda esa Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida O'zbekiston chempionatiga saralash musobaqalari o'tkazilmoqda. Xususan, murabbiylar saralash orqali Toshkent shahri jamoasini aniqlab olishdi.
Saralash turnirida erkaklar -60. -66, -73, -81, -90, -100, +100, ayollar -48, -52, -57, -63, -70, -78 kg vazn toifalarida jami 112 nafar dzyudochi tatamiga chiqdi. Yakunda O'zbekiston chempionatida Toshkent shahri sharafini himoya qiluvchi 49 (28 erkak, 21 ayol) nafar dzyudochi saralab olindi.
Fikrlar