04 dek 13:15
Yangiliklar
Dzyudo

O'zbekiston chempionatini paradzyudochilar boshlab berishdi FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi "Universal" sport saroyida dzyudo va paradzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatiga start berildi.
Mamlakat chempionatining ilk kungi bellashuvlarini paradzyudochilar boshlab berishdi. Bugun paradzyudo bahslarida erkaklar o'rtasida -60 va -66 kg, ayollarda esa -48 va -52 kg vazn toifalarida chempion va sovrindorlar aniqlanadi.
Ayni daqiqalarda dzyudoda engil vazn toifasidagi bellashuvlar o'tkazilmoqda. Unda erkaklar -60, -66 kg, ayollar esa -48, -52 va -57 kg vaznlarda O'zbekiston chempionatining g'olib hamda sovrindorlarini aniqlash uchun tatamiga chiqishyapti. Soat 17:00da medallar uchun final bellashuvlari boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar