So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

23 noy 09:00
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA

"Jizzax Kibersport arena"si mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatining ikkinchi kungi final bellashuvlari oldidan musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.

Tadbirda Viloyat sport boshqarmasi, O'zbekiston dzyudo federaciyasi mutasaddilari, faxriylar, sportchilar hamda mehmonlar hozir bo'lishdi.

 "Dzyudo — bu faqat sport emas! Bu chin manoda sanat, falsafa, o'zaro hurmat belgisi hamdir. Aynan mana shu tarifu xislatlarga biz tatamidagi bellashuvlarda guvoh bo'lyapmiz. O'zbekiston chempionati shunchaki musobaqa emas, bu xalqaro arenalarga boshlanadigan yo'l, terma jamoaga munosib nomzodlarni etkazib berishi bilan ahamiyatli turnir hisoblanadi", dedi Jizzax viloyat Sport boshqarmasi boshlig'i Jaloliddin O'ktamov.  

Marosimda so'zga chiqqan O'zbekiston dzyudo federaciyasi Bosh kotibi Aziz Sobirov musobaqa ishtirokchilariga omad tilash barobarida, to'rt kunlik chempionatni yuqori saviyada tashkil qilishda jonbozlik ko'rsatayotgan Jizzax viloyati mutasaddilariga minnatdorlik bildirdi. 

O'zbekiston chempionatining yuqori saviyada o'tishi uchun bir necha kundan beri mehnat qilayotgan mezbonlar o'zbek dzyudosini dunyoga tanitib kelayotgan insonlar - O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, Olimpiada chempioni, dzyudo bo'yicha dunyoning eng yosh Olimpiya o'yinlari chempioni, terma jamoamiz bosh murabbiyi Ilias Iliadis, dzyudo bo'yicha o'zbekistonlik birinchi Olimpiada chempioni, ayol sportchilarimiz orasida ilk yozgi Olimpiya o'yinlari chempioni Diyora Keldiyorova, Olimpiya o'yinlari sovrindori, jahon chempioni Davlat Bobonov, Parij Olimpiadasi sovrindorlari Muzaffarbek To'raboev va Alisher Yusupovga zarcho'pon kiydirishdi. 

O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangragach, tantanali ochilish marosimining badiiy qismiga navbat berildi. Badiiy jamoalarning ajoyib chiqishlariyu, kuy qo'shiqlar arenaga yig'ilganlarga xushkayfiyat bag'ishladi. SHundan keyin final bellashuvlariga navbat berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing