24 iyu 13:06
Yangiliklar

O'zbekiston delegaciyasi kechagi medallar sabab Universiadalardagi eng yaxshi natijasini yangiladi
"Germaniyada o'tayotgan Butunjahon yozgi Universiada o'yinlarida O'zbekiston delegaciyasi o'zining eng yaxshi natijasini qayd etdi. Yakuniga etgan taekvondo WT bo'yicha aralash jamoaviy bellashuvda hamyurtlarimiz oltin medalga sazovor bo'lishdi.
Misrga qarshi kechgan murosasiz bahsda yurtdoshlarimiz 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Bellashuvlarda Diyoraxon Azizova, Madina Mirabzalova, SHohjahon Karimboev hamda Najmiddin Qosimhojiev jamoamiz sharafini himoya qilishdi.
Qayd etish joiz, sportchilarimiz shu paytgacha Universiada o'yinlarida 3 ta oltin medalga ega chiqmagan edi. SHuning bilan delegaciyamiz hisobidagi medallar hozircha 3 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronzani tashkil qilmoqda", deyiladi xabarda.
Fikrlar