So’nggi yangiliklar

20:38Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон асосий жамоаларида ғалабалар, учинчи терма жамоа Германияга ютқазди (барча натижалар) 0 19:02Арман Царукян нима учун UFC чемпионлик камари учун барча пулидан воз кечишга тайёрлигини тушунтирди 0 18:32Рафинья Ямални "Олтин тўп"га лойиқ деб ҳисоблайди 0 17:45Фёдор Емельяненко UFC собиқ чемпиони билан жанг қилмоқчи 0 17:16Mangu 5: Бу сафар Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида кичик турнир бўлади 0 16:30Арман Царукян UFCдан допинг-тест учун махсус куртка олди 0 15:51Месси учун 500 млн: ақл бовар қилмас трансфер тафсилотлари ошкор бўлди 0 14:46Расман: Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Осиё ўйинларида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди 0 14:32Триатлончиларимизнинг Аичи-Нагоя-2026 Осиё ўйинлари учун таркиби маълум. Француз спортчимиз ҳам Японияга боради 0 13:45Осиё ўйинлари. Ўзбекистон аёллар МТЖ Хитой билан дуранг ўйнади 0 13:14Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. Бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 12:53Бобур Абдулазизов илк бор Тошкентда ўтказиладиган IBA Nomad турнирида жанг қилади. Рақиб эски таниш (ПОСТЕР) 0 12:05Ҳиндистон шахмат терма жамоаси Самарқандда ташкилий муаммога дуч келди 0 11:22Ўзбекистон Кубоги чорак финалига қуръа ташланди 0 09:45Оксана Чусовитина ҳам Осиё ўйинларига боради! 0

28 fev 19:36
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston dzyudo federaciyasi evropalik mutaxassis bilan shartnoma imzoladi

O'z oldiga ulkan maqsadlar qo'ygan O'zbekiston dzyudo federaciyasi katta marralarni zabt etish yo'lida yana bir muhim qadam tashladi.

Federaciya xalqaro maydondagi natijalarni yanada kuchaytirish maqsadida germaniyalik mutaxassis bilan shartnoma imzoladi. Ushbu tadbir O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida tashkil etildi. Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita vice-prezidenti, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov va jamoamizda yangi ish boshlagan germaniyalik mutaxassis Marko SHpitka qatnashdi.

Dastavval, Oybek Kasimov o'zbek dzyudosining so'nggi yillarda erishayotgan ulkan muvaffaqiyatlari haqida to'xtaldi.

“Dzyudo o'zbek sportida muhim o'ringa ega. Muhtaram Prezidentimizning qo'llab-quvvatlashi bilan o'zbek dzyudosi yildan yilga rivojlanishda davom etmoqda. Mustaqil O'zbekistonimizning Olimpiya o'yinlarida qo'lga kiritgan ilk medali ham ushbu sport turiga to'g'ri keladi. So'nggi Olimpiadalarda dzyudochilarimiz delegaciyamiz hisobiga qimmatli medallarni taqdim qilishmoqda. Hozirda afsonaviy Ilias Iliadis boshchiligidagi jamoamiz bu yil Toshkentda o'tadigan jahon chempionati, Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'ryapti. Bu yo'lda Siz kabi ulkan tajribaga ega mutaxassislarning yordami bizga juda ham as qotadi”, – dedi Oybek Kasimov.

SHundan so'ng Azizjon Kamilov Marko SHpitkaning jamoamizdagi faoliyati, oldiga qo'yilgan rejalar haqida to'xtaldi:

“Janob SHpitka jahon dzyudosida ulkan tajribaga ega. Uning zimmasiga bir qator muhim vazifalar yuklatiladi. Jumladan, terma jamoalar uchun strategik rejalar ishlab chiqish, mashg'ulotlar jarayonini yanada chuqur tahlil qilish, sport tibbiyotida erishilgan so'nggi yutuqlarni terma jamoalarimizga olib kirish, ayollar dzyudosi rivojini yanada kuchaytirish va boshqalar. Malumki, bu yil oldinda bizni ulkan startlar kutib turibdi. Ularda yuqori natijalarga erishish uchun jamoamizga Marko SHpitkadek mutaxassislarning xizmati ayni muddao bo'ladi”.

O'z o'rnida, germaniyalik mutaxassis terma jamoamizda faoliyat boshlayotganidan xursand ekanini yashirib o'tirmadi.

“Kuni kecha yakuniga etgan Tel-Aviv “Katta dubulg'a” turnirida xorijlik do'stlarim O'zbekiston terma jamoasida faoliyat boshlayotganimni eshitib, meni qutlashdi. O'zbek dzyudosini katta kelajak kutmoqda. Yoshlaringizning texnikasi va g'alabaga bo'lgan shijoatiga doim qoyil qolganman. Yangi jamoada o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Oldimizga qo'yilgan maqsadlar yo'lida bor kuchimni ishga solaman”, – dedi germaniyalik mutaxassis.

SHu o'rinda Marko SHpitkaning faoliyatiga nazar tashlasak. U 1971 yil Germaniyada tavallud topgan. Sportchilik faoliyati davomida Evropa chempioni, jahon chempionati (1997) hamda Atlanta-1996 Olimpiya o'yinlarining bronza medali sohibi bo'lgan. Murabbiylik faoliyati davomida 2007-2019 yillar Avstriya terma jamoasida ulkan yutuqlarga erishdi. 7-dan qora belbog' sohibi.

U o'tgan yil dekabr oyida Toshkentda o'tgan kattalar o'rtasidagi mamlakat chempionatida bahslarni bevosita kuzatib borib, terma jamoamizga nomzod sportchilar bilan yaqindan tanishgandi. U kabi mahoratli murabbiylarning terma jamolarimizga jalb qilinishini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024 yil Parij shahrida (Franciya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida” PQ-5281 Qarorida ko'rsatilgan topshiriqlar ijrosini taminlash yo'lidagi ishlardan biri sifatida ham etirof etish mumkin.

Yangi murabbiy kelgach Ilias Iliadis jamoamiz bosh murabbiyi sifatida ishlashda davom etadi. Marko SHpitka Kamol Murodov, Nurali Qobulov, Jamshid Xudoyberganov, Nellya Kiyamova, Rafgat Izmaylov, Iskandar Rasulov, Qahramon Nurillaevlar bilan murabbiylar shtabidan joy oladi va rejalarni muvofiqlashtirgan holda ishlashda davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing