So’nggi yangiliklar

20:38Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон асосий жамоаларида ғалабалар, учинчи терма жамоа Германияга ютқазди (барча натижалар) 0 19:02Арман Царукян нима учун UFC чемпионлик камари учун барча пулидан воз кечишга тайёрлигини тушунтирди 0 18:32Рафинья Ямални "Олтин тўп"га лойиқ деб ҳисоблайди 0 17:45Фёдор Емельяненко UFC собиқ чемпиони билан жанг қилмоқчи 0 17:16Mangu 5: Бу сафар Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида кичик турнир бўлади 0 16:30Арман Царукян UFCдан допинг-тест учун махсус куртка олди 0 15:51Месси учун 500 млн: ақл бовар қилмас трансфер тафсилотлари ошкор бўлди 0 14:46Расман: Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Осиё ўйинларида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди 0 14:32Триатлончиларимизнинг Аичи-Нагоя-2026 Осиё ўйинлари учун таркиби маълум. Француз спортчимиз ҳам Японияга боради 0 13:45Осиё ўйинлари. Ўзбекистон аёллар МТЖ Хитой билан дуранг ўйнади 0 13:14Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. Бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 12:53Бобур Абдулазизов илк бор Тошкентда ўтказиладиган IBA Nomad турнирида жанг қилади. Рақиб эски таниш (ПОСТЕР) 0 12:05Ҳиндистон шахмат терма жамоаси Самарқандда ташкилий муаммога дуч келди 0 11:22Ўзбекистон Кубоги чорак финалига қуръа ташланди 0 09:45Оксана Чусовитина ҳам Осиё ўйинларига боради! 0

01 sen 11:01
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston dzyudo federaciyasi qoshida Faxriylar kengashi tuzildi

Mamlakatimizda keksalarga, mo'tabar faxriylarga yuksak etibor va g'amxo'rlik ko'rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida belgilanib, bu borada keng ko'lamdagi xayrli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o'rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 816-son qaroriga asosan oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilangan edi.

SHundan kelib chiqib, O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan ham xayrli ishga qo'l urildi. Federaciya rahbariyati tomonidan berilgan taklifga ko'ra Faxriylar kengashi tuzildi. Bugun shu munosabat bilan federaciyada tadbir tashkil etildi va unga o'zbek dzyudosiga tamal toshini qo'ygan, bugungi yutuqlar poydevori asoschilari, dzyudo faxriylari taklif etildi. O'zbekiston faxriylar kengashi raisi Bahodir Mahsitov yig'ilishning kirish qismida faxriylarimizni Mustaqilligimizning 31 yilligi bilan qutlab, yangi tashkil etilgan Faxriylar kengashining ahamiyati va vazifalari haqida malumot berdi. 

SHundan so'ng tashkiliy masalaga o'tildi. Kelasi hafta o'zining qutlug' 72 yoshini qarshilaydigan tajribali murabbiy, pedagog, "Do'stlik" ordeni sohibi, uzoq yillar dzyudo rivojiga har tomonlama hissa qo'shib kelayotgan fan doktori, professor, dzyudo bo'yicha 7-DAN qorabelbog' sohibi Lev Yugay bir ovozdan O'zbekiston dzyudo federaciyasi qoshidagi Faxriylar kengashi raisi etib saylandi. Rafik Izmaylov rais o'rinbosari bo'ldi. Lev Pavlovich 1994-2005 yillar oralig'ida O'zbekiston dzyudo federaciyasi bosh kotibi, 2003-2011 yillarda esa Osiyo dzyudo ittifoqi Sport qo'mitasi azosi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 

SHuningdek, 15 nafar faxriyimiz Kengash azoligiga saylanishdi. Ular orasida Aleksandr Istomin, Andrey SHturbabin, Rustam To'raev, Nag'manjon Mirzarahmonov, Ilhom Adizov, Server Muradasilov, Timur Muhammedxanov singari ustoz murabbiylar bor. 

Tadbir so'nggida O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Mahsitov, Sport yakkakurashlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Muzaffarxo'ja Rahmatxo'jaev,  O'zbekiston dzyudo federaciyasi bosh kotibi Ulug'bek Kabulov faxriylarimizga bayram munosabati bilan pul mukofoti topshirishdi. Faxriylarimizning dildan suhbati dasturxonga ko'chdi va bir piyola choy ustida davom etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing