17 okt 15:52
Yangiliklar
O'zbekiston dzyudo federaciyasi va Saber brendidan xayriya FOTOGALEREYA
Bugungi tinch, dorulomon, to'kin-sochinlik davrida ham sahovatli xalqimiz, nogiron, imkoniyati cheklangan fuqarolar, ota-onasidan etim qolgan, mehrga muhtoj bolajonlarning holidan xabar olib, beg'araz yordam ko'rsatib kelmoqda.
Xususan, O'zbekiston dzyudo federaciyasi ham bu kabi xayrli ishlardan chetda qolayotgani yo'q. Kuni kecha federaciya mutasaddilari, dzyudochilar Saber brendi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Quyi CHirchiq tumanida joylashgan "Beruniy" mahallasida bo'lishdi.
"Beruniy" madaniyat saroyida otasi yoki onasini erta yo'qotgan, nogiron bolajonlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Terma jamoa bosh murabbiyi Ilias Iliadis, Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov, shuningdek, SHarofiddin Boltaboev, Bekmurod Oltiboev, Muzaffarbek To'raboev jami oltmish to'rt nafar bolaga sovg'alar ulashishdi. Ertak qahramonlari ishtirokidagi sahna ko'rinishlari, kuy-qo'shiqlar bolajonlarga bayramona kayfiyat bag'ishladi.
Fikrlar