18 okt 12:47
Yangiliklar
Dzyudo

O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Jahon chempionatining 1/2 finalida!
Poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida dzyudo bo'yicha Harbiylar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
O'z tarixida 42-marotaba tashkil etilayotgan dunyo birinchiligida ayni daqiqalarda jamoaviy bahslar o'tkazilmoqda. Odatda Olimpiada, jahon va qita chempionatlarida aralash jamoaviy bellashuvlar tashkil etiladi. Harbiylar o'rtasidagi jahon chempionatida esa erkaklar va ayollar o'rtasidagi musobaqa alohida tarzda o'tkaziladi.
O'n etti davlat terma jamoalari qatnashayotgan erkaklar o'rtasidagi musobaqada O'zbekiston dzyudochilari 1/2 finalga yo'l olishdi. Dzyudochilarimiz avvaliga Turkmaniston, keyin esa Iordaniya terma jamoasini bir xil 3:0 hisobida taslim etishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar