06 jan 09:59
Yangiliklar
Velosport
O'zbekiston Evropa chempioni, Jahon chempionatida sovrindor bo'lgan velosportchini mahalliylashtirdi
Olamsport.com nashriga malum bo'lishicha, rossiyalik velosportchi Sergey Rostovcev endilikda O'zbekiston sharafini himoya qiladi.
Uning terma jamoamiz safidagi ilk musobaqasi 7-11 yanvar kunlari Malayziyaning Nilay shahri mezbonlik qiladigan velotrek bo'yicha ASEAN TRACK SERIES (PRESIDENT CUP) turniri bo'ladi.
28 yoshli Sergey Rostovcev 2025 yil yakuniga qadar Rossiya sharafini himoya qilib kelgan. U faoliyati davomida velotrek bo'yicha Evropa chempionatida oltin, Jahon chempionatida bronza medaliga ega chiqqan.

Malayziyadagi turnirda jamoamiz quyidagi tarkibda qatnashadi:
Erkaklar:
Sergey Rostovcev
Vladislav Troman
Behzod Nurmatov
Daniil Fyodorov.
Murabbiy: Yoxan Dornbush.
Ayollar:
Asal Rizaeva
Nafosat Qozieva.
Murabbiy: Olga Zabelinskaya.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar