So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

04 apr 18:55
Yangiliklar

Gimnastika

O'zbekiston gimnastika federaciyasiga yangi prezident saylandi

Teglar :  Gimnastika
Bugun, 4 aprel kuni Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston gimnastika federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov, Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, shuningdek, O'zbekiston gimnastika federaciyasi mutasaddi xodimlari ishtirok etishdi.
Konferenciyani O'zbekiston gimnastika federaciyasining birinchi vice-prezidenti Ruslan Mustaev ochib berdi va kun tartibi bilan tanishtirdi. Unga ko'ra, asosiy masala O'zbekiston gimnastika federaciyasiga yangi Prezident saylab olish edi. SHundan so'ng so'z O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi, Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti maslahatchisi Komiljon Xudoyberdievga berildi. Sport faxriysi mazkur lavozimga bungacha «Yoshlar ittifoqi sport markazi» masuliyati cheklangan jamiyat direktori lavozimda faoliyat olib borgan mutaxassis, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi Abdullaeva Zarrina Azamovna nomzodini taklif qildi. Konferenciya ishtirokchilari ushbu nomzodni qo'llab-quvvatlashdi va shu tariqa Zarrina Abdullaeva O'zbekiston gimnastika federaciyasi Prezidenti lavozimiga ko'pchilik ovoz bilan saylandi.

O'z navbatida masuliyatli lavozimga saylangan Zarrina Abdullaeva mamlakatimizda gimnastikani yanada rivojlantirish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilishga tayyor ekanligini malum qildi.

"Barchamizga yaxshi ayon, gimnastika mamlakatimizda malum darajada rivojlangan, ommaviylashgan. Ammo, shunga qaramay ayni paytda muammolar etarli. Bir qancha yo'nalishlarda oqsash ko'zga tashlanadi. Jumladan, sport gimnastikasi, trampolin va akrobatikada natijalar ko'ngildagidek emas. Birgalikda yangi tizimni yo'lga qo'yib olishimiz kerak. Malakali mutaxassislarni jalb etib, ular bilan tajriba almashishimiz lozim. Jipslashgan holda harakat qilib, kelajakda mamlakatimizda gimnastikani yanada rivojlantiramiz, O'zbekistonning dunyo sport hamjamiyatidagi o'rnini yanada yuksaltiramiz", - dedi federaciyaning yangi Prezidenti.


Yig'ilishda o'zbek gimnastikasi tarixida o'ziga xos iz qoldirgan faxriy sportchi Erkin Giyasov so'zga chiqib, yangi rahbariyatga omad tiladi. SHuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov gimnastika federaciyasini qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligini aytib o'tdi.

"Mana yuqorida gimnastika bo'yicha to'planib qolgan muammolar, yuzaga kelgan kamchiliklar haqida gapirildi. Ayni paytda ishlayotgan tizim bugungi kun talabiga javob bermaydi. Bolalar va o'smirlar sport maktablaridan oliy sportgacha bo'lgan bosqichlarda uzilishlar etarli. Bu borada vazirlik ish olib bormoqda. SHuningdek, kadrlar masalasi ham bizning eng og'riqli nuqtalarimizdan biridir. Ushbu masalani ham to'g'ri yo'lga qo'yib olish vaqti keldi. Barchamiz bilamiz, O'zbekiston gimnastika bo'yicha katta salohiyatga ega. Malakali kadrlar yordamida uni yuzaga chiqarishib, mamlakatimizda sportning ushbu turini yanada rivojlantirishga tayyormiz. Bu yo'lda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi gimnastika federaciyasini to'liq qo'llab-quvvatlaydi", - dedi SHoakram Isroilov.

Konferenciya davomida shuningdek, O'zbekiston gimnastika federaciyasining birinchi vice-prezidenti sifatida ishlab kelgan Ruslan Mustaev va federaciya Bosh kotibi sifatida faoliyat ko'rsatgan Gyozella Fillipovalar o'z lavozimlaridan istefoga chiqishdi. Endi federaciyaning yangi rahbari ularning o'rniga munosib mutaxassislar nomzodini ko'rib chiqishi lozim bo'ladi.  

Konferenciya yakunida so'zga chiqqanlar bundan buyon O'zbekistonda gimnastikani yanada taraqqiy topdirish yo'lida birdamlik bilan ishlashga kelishib oldilar. SHu tariqa, O'zbekiston gimnastika federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi o'z ishini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing