29 mar 16:24
Yangiliklar
Kamondan otish
O'zbekiston kamondan otish federaciyasiga yangi rais saylandi
Kecha O'zbekiston kamondan otish federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.
Unda federaciyaga yangi rahbar saylandi va ustuvor rejalar ko'rib chiqildi.
Tadbirda delegatlar tomonidan federaciya raisligiga O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo'mondoni Toshmatov Bahodir Hamidovich nomzodi ilgari surildi. Nomzod bir ovozdan qo'llab-quvvatlandi va B.Toshmatov mamlakat kamondan otish federaciyasi raisi etib saylandi.
Konferenciya davomida ushbu sport turini yurtimizda yanada rivojlantirish va ommalashtirish, sportchilarimizni joriy yil kutib turgan nufuzli musobaqalarga puxta tayyorlashga doir istiqbolli rejalar ko'rib chiqildi.











Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar