So’nggi yangiliklar

10:45Даниэль Дюбуа Жозеф Паркерга қарши WBO камарини ҳимоя қилиши мумкин 0 10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0

27 apr 14:26
Yangiliklar

Karate

O'zbekiston karate milliy federaciyasidan yangi akciya: videoroliklar tanlovida ishtirok eting va g'olib sifatida 10 million so'mni qo'lga kiriting!

Teglar :  Karate
O'zbekiston karate milliy federaciyasi respublikamizdagi barcha hududiy federaciyalar hamda ular tarkibidagi sport klublari uchun maxsus sovrinli tanlov elon qiladi.

Siz aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirish bo'yicha davlatimiz siyosatiga hamohang tarzda, shuningdek, Olimpiya oilasiga kiruvchi karate sportiga o'sib kelayotgan yoshlarni ko'proq jalb etish, ularda karate sport turiga alohida mehr uyg'otishga qaratilgan maxsus videoroliklar tayyorlang hamda O'zbekiston karate milliy federaciyasining maxsus sovriniga ega bo'ling!

Videoroliklarda ushbu sport turi bilan muntazam shug'ullanib, yuqori maqsadlarni ko'zlayotgan umidli yoshlarning ishtiyoqi va malum natijalarga erishgan sportchilarning boy tajribasini umumlashtira olsangiz – g'oliblik aynan sizniki bo'ladi.

«Yangi O'zbekiston – o'zbek karatesining yangi davri», «Men karateni sevaman» va «Biz ommaviylikda birinchimiz» targ'ibot shiorlari ostida siz tomoningizdan tayyorlanib, eng yaxshi deya etirof etilgan videoroliklar mamlakatimizdagi telekanallar orqali namoyish etilishi ko'zda tutilgan. SHunday ekan, videoroliklarning nafaqat mazmuni, balki sifatiga ham alohida etibor qaratish lozim.

Videorolik karate sportining jozibadorligini ko'rsatib berishi va tabiat bilan hamohang ko'rinishda bo'lishi, shuningdek, yurtimizning tarixiy obidalari va zamonaviy inshootlari fonida tasvirga olingan bo'lishi talab qilinadi.

Eng yaxshi deya etirof etilgan videoroliklar ketma-ketlikda 10 000 000 so'm (1-o'rin), 5 000 000 so'm (2-o'rin) va 3 000 000 so'm (3-o'rin) miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. G'olib va sovrindorlar 15 kun ichida elon qilinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing