So’nggi yangiliklar

10:45Даниэль Дюбуа Жозеф Паркерга қарши WBO камарини ҳимоя қилиши мумкин 0 10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0

23 jan 17:14
Yangiliklar

Karate

O'zbekiston karate Milliy federaciyasining sobiq raisi Nurxon Nafasovga nisbatan jinoiy ish ochilgan

O'zbekiston karate Milliy federaciyasining sobiq raisi Nurxon Nafasovga nisbatan jinoiy ish ochildi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi taqdim etgan malumotlar asosida, 2018 yilning 16 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan O'zbekiston Karate Milliy federaciyasining sobiq raisi Nurxon Nafasov va boshqalarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (O'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi "a" bandi va 165-moddasi (Tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan edi, deb xabar qilmoqda MOQ matbuot xizmati.

Tergov jarayonida amalga oshirilgan taftish natijasida noqonuniy xatti-xarakatlar to'g'risidagi birlamchi malumotlar o'z tasdig'ini topdi.

Hususan, N.Nafasovning federaciya raisi lavozimiga tayinlangan kun - 2018 yil 16 maydan boshlab oktyabr oyigacha 125 million 557 ming so'mlik pul mablag'ini belgilangan tarzda (terma jamoa azolari, ularni musobaqalarga tayyorlash harajatlari) sarflash o'rniga, ularni maqsadsiz va ortiqcha ishlatganligi, tovlamachilik va hujjatlarni qalbakilashtirishga yo'l qo'yilganligi, sportchilardan badal pullarini yig'ib olib, federaciya g'aznasiga kirim qilinmaganligi aniqlandi. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Milliy olimpiya qo'mitasi bundan keyin ham Respublika sport federaciya va associaciyalari faoliyatini jiddiy nazoratga oladi va u erda aniqlangan noqonuniy harakatlar hamda turli qonunbuzarliklarga qarshi tegishli tashkilotlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda kurashadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing