So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

26 avg 13:17
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston kriket federaciyasi Osiyo kriketi boshqaruvidagi ishtirokini yanada mustahkamladi

Teglar :  Kriket
O'zbekiston Kriket Federaciyasi Osiyo Kriket Kengashining Inson resurslari va huquqiy masalalar qo'mitasi tarkibiga kiritildi.

Bu qaror O'zbekiston kriketi uchun navbatdagi muhim institucional bosqich bo'lib, mamlakatimizning Osiyo sport hamjamiyatidagi ishtiroki va nufuzi izchil mustahkamlanib borayotganini ko'rsatadi.

Takidlash joiz, Osiyo Kriket Kengashining (ACC) Inson resurslari va huquqiy masalalar qo'mitasiga Saudiya Arabistoni Kriket Federaciyasi raisi, Oliy Hazratlari shahzoda Saud bin Mishal Al Saud rahbarlik qiladi. Qo'mita tarkibida Saudiya Arabistoni bilan bir qatorda Singapur, Butan, Eron va O'zbekiston vakillari ham ishtirok etadi. 

O'zbekiston kriket federaciyasining ushbu nufuzli qo'mita tarkibiga kiritilishi nafaqat milliy kriket uchun muhim etirof, balki mamlakatimizning xalqaro sport tashkilotlaridagi boshqaruv, huquqiy va institucional jarayonlarda bevosita ishtirok etish imkoniyatlari kengayib borayotganidan dalolat beradi.

So'nggi yillarda O'zbekistonda sportni rivojlantirish, yoshlar uchun yangi xalqaro imkoniyatlar yaratish hamda mamlakatning sport diplomatiyasidagi o'rnini mustahkamlashga katta etibor qaratilmoqda. Ana shu keng imkoniyatlar va davlatimiz tomonidan sport sohasida olib borilayotgan izchil siyosat doirasida O'zbekiston kriket federaciyasi ham qisqa muddat ichida xalqaro integraciyaning muhim bosqichlarini bosib o'tdi.

Xususan, O'zbekiston 2022 yilda Xalqaro Kriket Kengashi — ICC azoligiga qabul qilindi, keyinchalik Osiyo Kriket Kengashi — ACC safiga qo'shildi. Bugun esa O'zbekiston vakili ACCning muhim boshqaruv qo'mitalaridan birida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo'lmoqda.

Bu jarayon O'zbekiston kriketi xalqaro azolikdan faol ishtirokka, faol ishtirokdan esa Osiyo kriketi boshqaruv tizimidagi munosib vakillikka izchil o'tayotganini ko'rsatadi.

O'zbekiston Kriket federaciyasi oldiga mamlakatda kriketni tizimli va barqaror rivojlantirish, yosh avlod uchun yangi sport imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, O'zbekistonning xalqaro sport tashkilotlaridagi nufuzli va konstruktiv ishtirokini yanada kengaytirish vazifasini qo'ygan.

Mazkur natija esa mamlakatimizda sport va yoshlar siyosati uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali O'zbekistonning Osiyo va jahon sport maydonidagi mavqeini yanada mustahkamlash yo'lidagi navbatdagi amaliy qadamdir.

O'zbekiston kriket federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing