So’nggi yangiliklar

07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0

05 fev 14:30
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari, Qiziqarli!

O'zbekiston qishki Olimpiadalarda: Lillehammer-1994

9-25 fevral kunlari Janubiy Koreyada 23-qishki olimpiya o'yinlari o'tkaziladi.

Ushbu sport bayramida 90dan ortiq mamlakat qatorida O'zbekiston terma jamoasi sportchilari ham qatnashadilar. Musobaqa oldidan biz yurtimiz sportchilarining qishki Olimpiya o'yinlaridagi ishtiroki tarixiga nazar tashlaymiz. 


Lillehammer-1994

O'yinlar 1994 yili 12-27 fevral kunlari Norvegiyaning Lillehammer shahrida o'tkazilgan. Ushbu turnir mustaqil O'zbekiston tarixidagi ilk Olimpiada hisoblanadi. 

O'shanda nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini 2 hil sport turidan 7 nafar sportchi himoya qilgan. 


Figurali uchish:

Aliki Sergaadu

Yuris Razgulyaev

Dinara Nurdbaeva

Muslim Sattorov


Fristayl: 

Sergey Brener

Lina CHeryazova

Larisa Udodova

Olimpiadaning ochilish marosimida Sergey Brener terma jamoamiz bayroqdori bo'lgan. 

Vakillarimiz orasida 17 yoshli Dinara Nurdbaeva terma jamoamizning eng yosh vakilasi bo'lgan. 28 yoshli Muslim Sattorov esa jamoadoshlari ichida yoshi eng katta sportchi edi.

Lillehammerdagi o'yinlarda O'zbekiston sporti tarixida "Oq Olimpiada"dagi ilk va bugungi kunda yagona bo'lib turgan oltin medal qo'lga kiritilgan. Fristaylning akrobatika bahslarida Lina CHeryazova barcha raqiblaridan yaxshi natija qayd etgan holda oltin medalni terma jamoamizga taqdim etgan. 


O'shanda hamyurtimiz saralash bahslarida 144,43 ball bilan o'n ikkinchi natijani qayd etib, final bosqichiga yo'llanma olgandi. Hal qiluvchi chiqishlarda esa CHeryazova 166,84 ball to'play olgan va yakunda barcha raqiblaridan yuqori natija qayd etib, shohsupaning eng yuqori pog'onasidan o'rin egallagan. Ushbu oltin medal evaziga O'zbekiston terma jamoasi Lillehammerdagi Olimpiadada umumjamoa hisobida 14-o'rinni egallagan.


Aziz To'xtamurodov

Reyting: +6   

Fikrlar

   
05 fev 17:47:50
uktam
hozir shu sportchilar qayerda faoliyati hayoti haqida malumot beringlar adminlar
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing