So’nggi yangiliklar

15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0

22 fev 18:08
Yangiliklar

Stol tennisi

O'zbekiston stol tennisi federaciyasi vakillari ishtirokida seminar tashkil qilindi

Teglar :  Stol tennisiSeminar
Toshkent shahrida O'zbekiston stol tennisi federaciyasi rahbariyati va sportchilari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3031-son qarori bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish Dasturi”da belgilangan vazifalarning ijrosini taminlash maqsadida bugun, 22 fevral kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida O'zbekiston stol tennisi federaciyasi ijrochi direktori Odina Burxonxo'jaeva, O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Saida Mahmudova, terma jamoa azolari Zohid Kenjaev, Rimma Gufranova, Rozalina Xojieva va Olga Kim, shuningdek Markaz direktori Ilhomjon Tursunaliev, kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar va tinglovchilar o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Odina Burxonxo'jaeva O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “O'zbekiston sportchilarini 2020 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash to'g'risida”gi PQ-2821-son qarori ijrosi yuzasidan federaciyada amalga oshirilayotgan ishlar haqida hisobot berib o'tdi.

Saida Mahmudova ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktablari va bolalar-o'smirlar sport maktablaridan milliy terma jamoa uchun sportchilarni saralab olish va ularning xalqaro musobaqalarda erishayotgan natijalari tahlili yuzasidan qatnashchilarga malumot berdi.

Uchrashuv ishtirokchilari O'zbekiston stol tennisi federaciyasi vakillari va milliy terma jamoa azolaridan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Undan tashqari, Saida Mahmudova, Rimma Gufranova, Rozalina Xojievalar ishtirokida Markazning stol tennisi guruhi uchun mahorat darsi tashkil etildi. Unda sportchilar uchun kerakli maslahatlar berildi. Texnik-taktik o'yinlar, to'p uzatishlar va o'yin davomida bo'ladigan texnik harakatlar namoyish etib berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing