So’nggi yangiliklar

19:52Super Rapid & Blitz Poland 2026. Синдаров турнирни нечанчи ўринда якунлади ва қанча мукофот пули ишлаб олди? 0 19:31Хамзат Чимаевни мағлубиятдан сўнг дарҳол жангга чорлашди 0 19:10Ўзбекистон ва Россия дзюдо федерациялари стратегик ҳамкорликни кенгайтирмоқда 0 18:4937 ёшли Мхитарян ёзда фаолиятини якунлаши мумкин 0 18:28Паркентда кураш ва белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:07Илҳом Назимовнинг "Киллер"га қарши илк RIZIN чемпионлик жангида нокаут қайд этилди 0 17:46Мария Тимофеева Istanbul Open чемпиони! 0 17:25Мбаппе ва Вальверде "Реал"нинг Класико учун қайдномасида йўқ! 0 17:04Спорт гимнастикачиларимиз Жаҳон челленж кубогида 3 та медалга сазовор бўлишди 0 16:43Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли жангида даҳшатли камбэк қайд этилди 0 16:22Дана Уайт тасдиқлади! Хамзат Чимаев Богдан Гусковнинг дивизионига ўтади 0 16:01"Манчестер Юнайтед" "Милан" ҳимоячисини сотиб олиши мумкин 0 15:40"Чироғингни ўчириб қўяман". Чемпион Стриклендга "вызов"лар бошланди 0 15:19Артур Гулиев Жаҳон кубогида кумуш медални қўлга киритди 0 14:58Музаффарбек Тўрабоев бош соврин — автомобил соҳиби! (ФОТОРЕПОРТАЖ) 0

21 okt 14:18
Yangiliklar

Taekvondo

O'zbekiston taekvondo associaciyasi va Buyuk Britaniya taekvondo federaciyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Teglar :  Taekvondo
SHu kunlarda Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida nufuzli Gran-Pri musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Musobaqa doirasida bir qator uchrashuvlar, rasmiy tadbirlar ham tashkil etilmoqda. SHu jumladan, O'zbekiston taekvondo associaciyasi ham boshqa mamlakatlar taekvondo federaciyalari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri kuni kecha Buyuk Britaniya takevondo federaciyasi bilan o'tkazildi. O'zbekiston taekvondo associaciyasi bosh kotibi Abduazim Isroilov va Buyuk Britaniya taekvondo federaciyasi raisi Yuliya Nyuton ishtirokida o'tkazilgan tadbirda tomonlar o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish, qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etish va boshqa bir qator masalalar yuzasidan kelishuvga erishildi va memorandum imzoladi.

Unga ko'ra ikki karra Olimpiya o'yinlari chempioni Jeyd Jons, jahon chempionati sovrindorlari Byanka Uolkden, Muhammad Lutalo kabi sportchilar O'zbekistonga kelib, mashg'ulotlar o'tkazadilar, o'z tajribalari bilan o'rtoqlashadilar. SHuningdek, kelasi yili Manchester shahrida o'tkaziladigan jahon chempionati oldidan O'zbekiston terma jamoasining o'quv-mashg'ulot yig'inlari aynan o'sha erda tashkil etiladi. Bundan tashqari, O'zbekiston taekvondo associaciyasining murabbiy, psixolog, shifokor va boshqa mutaxassislari Buyuk Britaniyada malaka oshirishlari mumkin bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing