So’nggi yangiliklar

19:23Белбоғли курашни янада ривожлантириш йўлида меморандум имзоланди 0 19:02"Барселона" ва "Ливерпуль" бир ўйинчи учун курашади 0 18:41UFC 310 турнирининг тўлиқ карди маълум қилинди 0 18:20Макс Ферстаппен — Формула-1 2024 йилги мавсум чемпиони! 0 17:59Аёллар курашида барча вазнларда ғолиблар маълум бўлди + ФОТО 0 17:38Холанд 850 минг сўм сабаб қамоққа тушиши мумкин 0 17:17Ўзбекистон чемпионатида медаллар жамғариш бўйича қайси вилоят биринчи бўлди? 0 16:56Расман! UFC 311 турнири учун қизиқарли жанг эълон қилинди 0 16:35Мераб Двалишвили Петр Ян билан қачон жанг қилмоқчи эканини айтди 0 16:14Аморим: "Мен ўзини босслардек кўрсатишни хоҳлайдиганлардан эмасман" 0 15:53Чавандозларимизнинг навбатдаги ғалабаси 0 15:32Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг барча ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:11"Ундан қўрқдим!". Тайсон Фьюри нима учун стердаун вақтида Усикка қарамагани ҳақида гапирди 0 14:50"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди 0 14:29Prezident Kubogi. Нодирбек ҳиндистонлик рақибга қарши, Синдаров эса дербидаги ўйинини бошлади 0

23 jan 09:39
Yangiliklar

Taekvondo

O'zbekiston taekvondo (WTF) associaciyasi 2017 yil yakunlariga bag'ishlangan konferenciya tashkil etdi

Teglar :  Taekvondo
Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston taekvondo (WTF) associaciyasi 2017 yil yakunlari hamda yangi mavsumga rejalar mavzusida konferenciya o'tkazdi.

Unda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchonov, yakkakurashlar bo'yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi direktori SHahrillo Mahmudov, O'zbekiston taekvondo (WTF) associaciyasi rahbarlari, Toshkent shahar, viloyatlar va Qoraqalpog'iston Respublikasi taekvondo federaciyalari mutatsaddilari, murabbiylar, sportchilar va hakamlar ishtirok etishdi. 

Konferenciyani mamlakat taekvondo (WTF) associaciyasi Bosh kotibi Abbos Latipov olib bordi. Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “O'zbekiston sportchilarini 2020 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash to'g'risida”gi PQ-2821 sonli qarorini ijrosini taminlash yuzasidan O'zbekiston taekvondo (WTF) Associaciyaning 2017 yildagi faoliyati, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, yo'l qo'yilgan kamchiliklar va to'liq foydalanilmagan imkoniyatlar haqida to'xtalib o'tildi.  

2017 yil yakunlari bo'yicha associaciya hisoboti konferenciya ishtirokchilariga videoproektorda qo'yib ko'rsatildi. Tasdiqlangan yillik taqvim reja asosida, associacciya tomonidan 2017 yilda 24 marotaba Respublika miqyosida va 5 marotaba xalqaro miqyosda o'quv yig'in-mashg'ulotlari o'tkazildi. 8 marotaba respublika miqyosida musobaqalar tashkil etildi va ularda jami 2284 ta sportchilar qatnashdilar, 400 ta sovrindorlar orasidan iqtidorli 200 nafar sportchi tanlab olinib, terma jamoalarimizga munosib zaxira yaratildi. 

O'tgan yil davomida terma jamoamiz sportchilari 28 ta xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, jami 203 ta (50 ta oltin, 52 ta kumush va 101 ta bronza) medallari qo'lga kiritishdi. Bo'lib o'tgan asosiy musobaqalardan biri 2017 yil 19-21 aprel kunlari Qozog'istonning Atirau shahrida o'tkazilgan o'smirlar o'rtasida IX Osiyo chempionati bo'lib, unda 25 ta davlatdan 342 nafar sportchilar ishtirok etdi. 13 nafar sportchimiz bu chempionatda, 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza (jami 5ta) medallarini qo'lga kiritdilar. 

May oyida Ozarbayjonning Boku shahrida IV “Islom Birdamligi o'yinlari”da 9 nafar sportchi bilan ishtirok etgan mamlakat milliy terma jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo'ldi. 6-8 iyun kunlari Vetnamning Xoshimin shaxrida kadetlar o'rtasida II Osiyo chempionatida 12 nafar o'smirlarimiz 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari sohibi bo'lishdi.  

21-29 iyun kunlari Janubiy Koreyaning Muju shahrida bo'lib o'tgan kattalar o'rtasida XXIII Jaxon CHempionatida 14 nafar sportchimiz qatnashib, Nikita Rafalovich kumush va Dinoraxon Mamadibragimova bronza medallarni qo'lga kiritishdi. 24-28 avgust kunlari, Misrning SHarm el-SHeyx shahrida bo'lib o'tgan kadetlar o'rtasidagi III Jahon chempionatida ishtirok etgan 12 nafar sportchilarimiz 4ta bronza medallariga ega chiqishdi. 

2017 yilning yana bir nufuzli musobaqasi, ilk bor bo'lib o'tgan G-2 turkumiga kiruvchi Butunjaxon Taekvondo federaciyasi prezidentining birinchi kubogi – Osiyo mintaqasi turniriga Toshkent shahri mezbonlik qildi. Ushbu turnirda jami 23 ta mamlakatdan 600 nafardan ziyod sportchilar qatnashdi va terma jamoamiz azolari jami 97 ta medal jumladan 25 ta oltin, 23 ta kumush va 49 ta bronza medallarini qo'lga kiritib umumjamoa xisobida 1 o'rinni egalladilar. 

Ushbu musobaqa vaqtida Jaxon Taekvondo Federaciyasi prezidenti janob CHung Von CHoy Toshkent shaxriga rasmiy tashrif bilan kelib O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoev qabulida bo'ldi. Uchrashuv chog'ida taekvondoning WTF yo'nalishi O'zbekistonda jadal rivojlanyotganligi, buning uchun davlat tomonidan barcha shart - sharoitlar mavjudligi takidlandi. Prezidentimiz SH. Mirziyoevning 16.11.2017 yildagi PQ-3390 sonli qarori bilan Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universitetida “Taekvondo va sport faoliyati” fakulteti 2018 yilda tashkil qilindi. Ushbu fakultetda Koreyaning malakali professor o'qituvchilari eng so'ngi innovacion texnologiyalarni qo'llagan xolda talabalarga ilm berishadi. 

Garchand yil davomida terma jamoamiz azolari qator xalqaro musobaqalarda g'olib va sovrindorlar orasidan joy olgan bo'lsalarda, bugungi konferenciyada 2017 yil yakunlari tanqidiy ruhda ko'rib chiqildi. O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Akmal Ergashev so'zga chiqib, yangi mavsumda selekciya ishlarini kuchaytirish, natijalarni yaxshilash, o'quv-mashg'ulotlar sifatini oshirish va yilning eng muhim musobaqasi – Indoneziyadagi bo'lib o'tadigan XVIII Osiyo o'yinlarida taekvondochilarimiz tomonidan kamida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari qo'lga kiritilishiga vada berdi. 

Konferenciya ishtirokchilari A.Ergashevga 9 oy muxlat berishdi va uning keyingi faoliyatiga oid qaror Osiyo o'yinlaridan so'ng qabul qilinadigan bo'ldi. SHuningdek, konferenciya davomida mamlakat ayollar terma jamoasi katta murabbiyi Pavel Xan so'z olib, muammolar va ularning echimi, yangi mavsum rejalari hususida to'xtalib o'tdi. 

Konferenciya yakunida O'zbekiston taekvondo (WTF) associaciyasi Bosh kotibi Abbos Latipov 2018 yil rejalari, oldinda turgan muhim vazifalar xaqida anjuman ishtirokchilariga malumot berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing