So’nggi yangiliklar

18:53"Бу уларга таъсир қиларди". Хабиб жанг пайтида рақиблари билан тез-тез гаплашиб турганини тушунтирди 0 18:10"Ҳазиллашмаяпман". Стрикленд Трамп ва Гитлер ўртасида ўхшашликни кўрсатди 0 17:35"Реал" ёзда Александр-Арнольдни сотиш ниятида эмас 0 16:59Хабиб нима учун Макгрегорни ҳеч қачон ҳақорат қилмаганини тушунтирди 0 16:14Икки вазнда собиқ UFC чемпиони промоушендаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:33Усик фаолиятидаги сўнгги жанг ҳақида: "Бизда иккита вариант бор" 0 14:57"Манчестер Юнайтед" дарвозабони бошқа клубга ўтди 0 14:16"У билан ҳаммаси тамом бўлган". Оверим Макгрегор ҳақида 0 13:40Алматидаги катта масштабдаги халқаро ўқув-машғулот йиғини давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:58Жавоҳир Синдаров: "Мен Гукешнинг энг кучли версиясига тайёрланяпман" 0 12:33УЕФА жазмани билан боғлиқ жанжал сабаб Инфантинонинг фаолиятини текширмоқчи 0 12:31Али Абдель-Азиз АҚШ Президенти яхши кўрадиган икки жангчини айтди. Улар орасида россиялик ҳам бор! 0 11:59Оғир атлетика бўйича Осиё чемпионатининг иккинчи кунги баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 11:26"Барселона" Араухонинг ўрнига ўринбосар топди 0 10:55Уайт Макгрегорнинг Дублиндаги ресторанига ташриф буюрди 0

04 okt 16:25
Yangiliklar

Taekvondo

O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasiga yangi rahbar saylandi

Teglar :  Taekvondo
Bugun, 4 oktyabr kuni O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasida navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi o'tkazildi.

Ushbu yig'ilishda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, associaciya Ijroiya qo'mitasi azolari, associaciyaning viloyat bo'limi rahbarlari, hakamlar, murabbiylar, terma jamoa azolari ishtirok etishdi

Kun tartibidan o'rin olgan eng asosiy masala tashkilotga yangi rahbar saylash edi. Ushbu lavozimga Ahmadjon Amindjanovich Rahimov nomzodi ilgari surildi. Yig'ilganlar ko'rsatilgan nomzodini qo'llab-quvvatlashdi va yakunda Ahmadjon Rahimov O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasining raisi etib saylandi.

Konferenciya davomida Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov so'zga chiqib, taekvondo yurtimizda rivojlanib borayotgan sport turi ekanligi, birgalikda ishlab yanada kattaroq muvaffaqiyatlarga erishish mumkinligi haqida gapirdi.

Yangi saylangan rahbar ham o'z o'rnida hamjihatlikda faoliyat olib borib, yurtimiz dovrug'ini ko'klarga ko'tarish lozimligini qayd etib o'tdi.

Malumot uchun, Ahmadjon Rahimov 1975 yilda tavallud topgan. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetini tamomlagan. Oilali. Besh farzandning otasi.

Qayd etish lozimki, yangi rahbariyat oldida u qadar oson bo'lmagan vazifa turibdi. Yani, O'zbekistonda taekvondo sport turini yanada rivojlantirish, ommalashtirish, sportchilarni nufuzli musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko'rishi, shuningdek muvaffaqiyatli ishtirokini taminlash lozim bo'ladi.

Milliy olimpiya qo'mitasi bu yo'lda O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasining yangi rahbariyatiga muvaffaqiyatlar tilaydi.


Reyting:    

Fikrlar

   
04 okt 16:29:09
man.u14
Тошкент Давлат Иқтисодиёт Университетини тамомлаган спортга алоқаси йўқ одамлар босиб кетди хамма жойди
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing