25 mar 10:41
Yangiliklar
O'zbekiston Tbilisi "Katta Dubulg'a" turnirida nechanchi o'rinni egalladi?
Uch kun davomida dunyoning 5 qitasi 83 davlatidan kelgan 531 nafar dzyudochi musobaqa medallari hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqdi.
O'zbekiston terma jamoasining jami 18 nafar dzyudochisi ham Tbilisi tatamilarida o'z mahoratini namoyish etdi. Ilias Iliadis shogirdlari yakunda ikkita kumush medal bilan umumjamoa hisobida 83 davlat orasida 12-o'rinni egalladi. Sardor Nurillaev (-66 kg) va SHarofiddin Boltaboev (-81 kg) terma jamoamizga kumush medallarni taqdim etishdi.
Gruziya terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha katta farq bilan peshqadamga aylandi. Mezbonlar 4 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Kuchli uchlikdan Ispaniya va Kanada terma jamoalari joy olishdi. Jami 8 davlat dzyudochilari kamida 1 ta oltin, 24 tasi kamida 1 ta bronza medalini rasmiylashtirdi.
Fikrlar