05 mar 21:18
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi “Katta dubulg'a” turnirini yangi rekord bilan ikkinchi o'rinda yakunladi
Dunyoning 49 mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar o'rtasidagi bahslarda O'zbekiston terma jamoasi Yaponiyadan so'ng umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi.
Musobaqada sportchilarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza, jami 8 ta medalga sazovor bo'lishdi. Murosasiz bellashuvlarda Murodjon Yo'ldoshev -73 kg, Davlat Bobonov -90 kg va Alisher Yusupov +100 kg vazn tofasida oltin medalga ega chiqishdi. Qayd etish joiz, bu “Katta dubulg'a” turnirlarida medallar soni bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi uchun yangi rekord! Musobaqa qahramonlarini yana bir bor eslab o'tamiz:
Oltin medal:
-73 kg: Murodjon Yo'ldoshev
-90 kg: Davlat Bobonov
+100 kg: Alisher Yusupov
Kumush medal:
-66 kg: Sardor Nurillaev
Bronza medal:
-60 kg: Doston Ro'ziev
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-81 kg: Muso Sobirov
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
Fikrlar