So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

20 iyu 09:05
Yangiliklar

Sport kurashlari, Parij-2024

O'zbekiston uchun ikkinchi Olimpiadasida qatnashadigan Javrail SHapievga kimlar raqib bo'ladi? (Barcha tafsilotlar)

26 iyul kuni Franciya poytaxti Parij shahrida XXXIII yozgi Olimpiada o'yinlari start oladi.

Musobaqada O'zbekiston delegaciyasi, jumladan sport kurashlari bo'yicha terma jamoamiz ham ishtirok etadi. Olimpiadada 3 nafar erkin kurashchimiz, 3 nafar yunon-rim kurashchimiz va yagona ayol kurashchimiz gilamga chiqadi.

Olamsport.com Birlashgan kurash dunyosi (UWW) tasdiqlagan ro'yxatga ko'ra sportchilarimizga turnir doirasida kimlar raqib bo'lishi haqida malumot berib boradi.

O'tgan sonlarda erkin kurashchilarimiz G'ulomjon Abdullaev va Razambek Jamalovning bo'lajak raqiblari haqida so'z yuritgan edik.

Bu safar esa erkin kurashdagi so'nggi, uchichni sportchimiz Javrair SHapievning vazniga nazar tashlaymiz.

27 yoshli Javrail SHapiev faoliyatidagi ikkinchi Olimpiadada chiqish qiladi. Asli chechenistonlik kurashchi Tokio Olimpiadasida ham O'zbekiston safida qatnashgan. Uning Parijdagi chiqishi 8-9 avgust kunlariga to'g'ri keladi.

Javrail SHapievga Olimpiadada quyidagi kurashchilar raqiblik qilishi mumkin:

Fatih Benferjalla (Jazoir)

Jayden Lourens (Avstraliya)

Osman Nurmagomedov (Ozarbayjon)

Magomed Ramazanov (Bolgariya)

Aleksandr Mour (Kanada)

Vladimir Gamkrelidze (Gruziya)

Dauren Kurugliev (Greciya)

Xasan Yazdani (Eron)

Xayato Ishiguro (Yaponiya)

Azamat Dauletbekov (Qozog'iston)

Bat Erdene Byambasuren (Mo'g'uliston)

Etan Ramos (Puerto-Riko)

Amin Mayls (San-Marino)

Vasil Mixaylov (Ukraina)

Aaron Bruks (AQSH).


Ushbu vazn toifasida amaldagi Olimpiada chempioni amerikalik Devid Teylor hisoblanadi. Garchi u Parijdagi o'yinlarda ishtirok etmasa-da, eronlik Hasan Yazdani Tokio Olimpiadasida kumush, San-Marino vakili Amin Mayls esa bronza medalini qo'lga kiritgani va ular Parijda ham o'z yurti sharafini himoya qilishini takidlash zarur.

Osiyo o'yinlari va Osiyo chempionati sovrindori Javrail SHapiev Tokio Olimpiadasida bronza medali uchun bahsda rossiyalik Artur Nayfonovga mag'lub bo'lgan va beshinchi natijani qayd etgan edi. Nayfonov ham Parij Olimpiadasida qatnashmaydi. Umid qilamizki, SHapiev bu safar Tokiodagi natijasini yanada yaxshilaydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing