31 dek 09:51
Yangiliklar
Boks/MMA

"O'zbekiston va Qozog'istonda kuchli terma jamoa bor". Nikolay Valuev Tokio Olimpiadasi haqida gapirdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Nikolay Valuev rossiyalik bokschilarning Tokio Olimpiadasidagi bo'lajak ishtiroki haqida fikrlarini bildirdi.
"Ayni paytda terma jamoada yaxshi tarkib yig'ilgan. Yaqinda nihoyasiga etgan Rossiya chempionatida bir qator final janglarini ko'rdim. O'ylaymanki, o'sha yigitlar Olimpiya ringida yurtimiz sharafini munosib himoya qila oladilar.
Nechta oltin olishimiz mumkin? Biz doimo g'alabaga intilamiz. Ammo juda qiyin bo'ladi. CHunki, O'zbekiston va Qozog'istonda juda kuchli terma jamoa bor, qolaversa kubalik va amerikalik bokschilar odatdagidek kuchli bo'lishadi. Raqobat juda katta", - dedi Nikolay Valuev.
Havola :
Manba : РИА
Fikrlar