So’nggi yangiliklar

20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0

10 avg 09:21
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekiston va Qozog'istondan Osiyo chempionati finaliga necha nafardan bokschi etib keldi? (Barcha juftliklar)

Biroz avval Tailand poytaxti Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha ikki yosh toifasidagi Osiyo chempionatida final janglari boshlandi.

World Boxing tomonidan tashkil etilayotgan qita birinchiligida bugun yoshlar (U-19) o'rtasida Osiyo chempionati g'olib va sovrindorlari aniqlanadi. Yarim finalda mag'lubiyatga uchragan bokschilar allaqachon bronza medallarini naqd qilib ulgurishdi. Bugungi final janglarida terma jamoamizning 10 nafar bokschisi Osiyo chempionligi uchun ringga ko'tariladi. 

Taqqoslash uchun, medallar yo'lidagi asosiy raqibimiz hisoblangan Qozog'iston terma jamoasining 7 nafar bokschisi final janglarida ringga chiqadi. Ulardan 5 nafari o'g'il bolalar, qolgan 2 nafari qizlardir. 

Yon qo'shnilarimizdan Adilet Tortubek (60 kg), Beybaris Ashirbay (70 kg), Timur Taybekov (80 kg), Nursultan Kistaubay (85 kg) va Rasul Asanxanov (90 kg) finalda o'z janglarini o'tkazishadi. Qozog'istonlik qizlardan Ayajan Ermek (57 kg) va Kuralay Eginbaykizi (80 kg) oltin medallar uchun bahs olib boradi. 

O'zbekiston terma jamoasi azolaridan 10 nafari finalga etib kelgani haqida xabar berdik: 6 ta o'g'il bolalar, 4 ta qizlarda final

Hamyurtlarimizdan Osiyo chempionligi uchun Jahongir Zayniddinov (65 kg), Abdulaziz Jo'raqulov (70 kg), Muhammadjon Yoqubboev (75 kg), Norbek Abdullaev (80 kg), Samir Sobirov (85 kg), Islam Salixov (+90 kg), Maftuna Musurmonova (48 kg), Sevara Mamatova (60 kg), Rayhona Qurbonboeva (70 kg) va Sobiraxon SHahobiddinova (+81 kg) ringga chiqadi. 


Uchta juflikda o'zbek-qozoq bokschilari qarama-qarshiliga guvoh bo'lamiz:

70 kg: Beybaris Ashirbay - Abdulaziz Jo'raqulov 

80 kg: Timur Taybekov - Norbek Abdullaev 

85 kg: Nursultan Kistaubay - Samir Sobirov 


Bokschilarimizning final janglari bilan tanishing:

-60 kg: Sevara Mamatova - Vini (Hindiston) 09:45

-70 kg: Rayhona Qurbonboeva - Abudureyimu Alimire (Xitoy) 10:15

+80 kg: Sobiraxon SHaxobiddinova - Parchi Tokas (Hindiston) 11:00

-48 kg: Maftuna Musurmonova - CHiranan Dapphonhan (Tailand) 11:15

-65 kg: Jahongir Zayniddinov - Mausam Suhag (Hindiston) 11:45

-70 kg: Abdulaziz Jo'raqulov - Ashirbay Bibaris (Qozog'iston) 12:00

-75 kg: Muhammadjon Yaqupboev - Rahul Kundu (Hindiston) 12:15

-80 kg: Norbek Abdullaev - Timur Taibekov (Qozog'iston) 12:30

-85 kg: Samir Sobirov - Nursultan Kistaubay (Qozog'iston) 12:45

+90 kg: Islam Salihov - Orxan Aghaev (Birlashgan Arab Amirliklari) 13:15 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing