So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

06 fev 18:58
Yangiliklar

Velosport

O'zbekiston velosport federaciyasining hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi

Konferenciyani Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov olib bordi.

Unda 2013–2016 yillar davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan federaciya rahbariyatining hisoboti tinglandi.

Aytish kerakki, to'rt yillik olimpiya ciklidagi federaciya faoliyati tanqidiy ruhda ko'rib chiqildi. Garchand sportning ushbu turida vakillarimiz turli xalqaro musobaqalar va turnirlarda ishtirok etgan bo'lsa-da, to'rt yillikning eng muhim musobaqasi - 2016 yilgi Rio-De-Janeyro shahridagi XXXI yozgi Olimpiya o'yinlariga birorta ham licenziyani qo'lga kirita olmadilar.


Konferenciyada shuningdek, velosport federaciyasi rahbariyatining yangi tarkibi saylandi. Jumladan, O'zbekiston velosport federaciyasi raisi lavozimiga O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari, Xotin-qizlar qo'mitasi raisi Tanzila Kamalovna Narbaeva, uning o'rinbosari etib Kozim O'rinboyxo'jaev bir ovozdan saylanishdi.


Tadbir davomida federaciya raisi Tanzila Narbaeva so'zga chiqib, 2013-2016 yillar davomida Federaciya ijrochilari tomonidan yo'lga qo'yilgan xato va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish, shuningdek bajarilishi lozim bo'lgan muhim vazifalar, istiqbolli rejalar xususida to'xtalib o'tdilar.


Jumladan, sportning ushbu turini mamlakatimizda yanada rivojlantirish, yoshlar orasida ommaviyligini oshirish masalalariga alohida urg'u berdilar.


SHuningdek, zudlik bilan O'zbekiston terma jamoa tarkibini qaytadan shakllantirish, buning uchun avvalo butun respublikamiz bo'ylab selekciya ishlarini kuchaytirish, o'quv-mashg'ulot yig'inlariga yosh iqtidorli va malakali murabbiylarni jalb qilish, joiz bo'lsa chet ellik mutaxassislarni maslahatchi sifatida taklif etish, veloklublarni tashkil etish va albatta kunchiqar yurtda bo'lib o'tadigan navbatdagi Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga licenziyalarni qo'lga kiritish ustivor vazifalar deb belgilandi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing