So’nggi yangiliklar

11:47Ислам Махачев: "Олдинда учта томошабоп ва оғир жанг кутиб турибди" 0 11:19Полина Кудерметованинг US Open 2026 саралашидаги учрашуви 68 дақиқа давом этди 0 10:49Мирафзал Ахтамов ва яна икки вакилимиз Дубайдаги ММА турнирида иштирок этади + ПОСТЕР 0 10:11Суперлига. Бугун учта қизиқарли учрашув бор 0 09:38Махачев: "Гэрри менга жиддий жанг таклиф қилди, деб бўлмайди" 0 08:35Жаҳонгир Воҳидов — Абу Даби халқаро шахмат фестивали ғолиби! 0 18:44Конор Макгрегор: "Холлоуэй UFC тарихидаги энг калтакланган шахс" 0 18:18“Манчестер Сити” рекорд хариди бўлган Эллиот Андерсон дебют ўйинида жароҳат олди 0 17:50Карлос Пратес UFC 334 турнирида Махачев билан жанг қилмоқчи эканлигига ишора қилди 0 17:18Пэдди Пимблетт: "Яхшиям Махачев энди менинг дивизионимда йўқ" 0 16:47FIDE Россия терма жамоасининг Самарқанд Олимпиадасидаги иштироки бўйича якуний қарорини эълон қилди 0 16:21“Барселона” Левандовски кетганидан сўнг ҳужумчи масаласида кутилмаган ечим топди 0 15:57Европанинг энг яхши аёл жангчиси UFC’да дебют қилади 0 15:30Умар Нурмагомедов: "Хабибнинг укаси бўлиб туғилганим менинг айбим эмас" 0 15:26“Лугано” ихтиёрига етиб борган Беҳруз Каримов фотосессияда иштирок этди + ФОТО 0

16 may 07:22
Yangiliklar

Tennis, Fotogalereya

O'zbekistonda ilk bor Padel tennisi bo'yicha klub faoliyat boshladi + FOTOGALEREYA

O'zbekistonga yangi sport turi kirib kelmoqda.

Kecha, 15 may kuni poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan "Yunusobod sport majmuasi" hududida O'zbekiston uchun yangi sport turi bo'lmish padel tennisi bo'yicha Padel.Uz klubining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. 

Tadbirda klub asoschilari, shuningdek, O'zbekiston yoshlar siyosati va sport vaziri o'rinbosari SHahrullo Mahmudov so'zga chiqib, klub, jumladan mazkur sport turining yurtimizda rivojlanishi uchun bor imkoniyat ishga solinishini aytdi.

Takidlash joiz, padel tennisi ilk bor 1969 yilda Meksikada o'ylab topilgan. Ushbu sport turi katta tennisdan birinchi navbatda, kortning kichikligi bilan farq qiladi, padel tennisi kortlari katta tennisdan farqli ravishda yopiq kortlardan iborat bo'ladi.

SHuningdek, padel tennisi koptogida ham katta tennisnikiga qaraganda biroz bosim pastroq hisoblanadi. Ammo o'yin qoidalari va tizim katta tennis bilan farq qilmaydi. Mazkur sport turi hali olimpiya yoki paralimpiya dasturlariga kiritilmagan, ammo Xalqaro Padel Federaciyasi faoliyat yuritadi.

Padel.Uz klubining Toshkentda ikkita filiali mavjud bo'lib, u erda xorijiy mutaxassislar faoliyat yuritadi. Tez orada yurtimizda mazkur sport turi bo'yicha federaciya ochilishi kutilmoqda.


Tadbirdan olingan suratlarni tomosha qiling:


Suratlar muallifi - Habib Jo'raboev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing