14 may 17:18
Yangiliklar
O'zbekistonda ilk kumush! Oybek Jo'raev Mahmud Sabirxanga mag'lub bo'lib, jahon chempionatining kumush medali bilan cheklandi
Bugungi kun doirasidagi ilk final jangi -54 kg vazn toifasida bo'lib o'tdi. Unda o'zbekistonlik Oybek Jo'raev va qozog'istonlik bokschi Mahmud Sabirxan to'qnash keldi. Mazkur final jangi to'liq 3 raund davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida qozog'istonlik Mahmud Sabirxan g'alaba qozonib, jahon chempionati oltin medali hamda 200 ming dollar kafolatlangan gonorarga ega chiqdi. Jang davomida Sabirxan Oybekni ikki bor nokdaun holatiga tushirganini ham takidlash lozim. Qayd etish joiz, Sabirxanning oltin medali Qozog'iston termasi uchun ushbu chempionatdagi umumiy hisobda ikkinchi oltin medal bo'ldi.
Kumush medalga ega chiqqan Oybek Jo'raev esa endilikda 100 ming dollar kafolatlangan gonorarni qo'lga kiritdi. Bu O'zbekiston terma jamoasi uchun ushbu chempionatdagi ilk kumush medal bo'ldi.
Fikrlar