06 apr 18:29
Yangiliklar
O'zbekistonda ilk marotaba to'rtta yakkakurash sport turlari bo'yicha musobaqa tashkil qilinmoqda BATAFSIL
Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida ushbu musobaqa oldidan matbuot anjumani tashkil qilindi.
Anjumanda Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov hamda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov, shuningdek OAV xodimlari ishtirok etishdi.
SHoakram Isroilov: "Xabaringiz bo'lsa kerak, hurmatli muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev yaqinda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo'yicha qaror va farmonlar qabul qildilar. Haqiqatdan ham qarorlarda sportimizdagi kamchiliklar ko'rsatib berilgan. Yurtboshimiz tomonidan imzolangan ushbu qarorlar bizga yo'l xaritasi bo'lib xizmat qildi. Unda kamchiliklarni bartaraf etishning yo'llari, ishlarning olib borish tartibi kabi muhim yo'llar bizga ko'rsatib berildi. Bugungi kunning asosiy masalalaridan bittasi - selekciyadir. Barchangiz bilasizlar, hozir ushbu jihatni ishlatish bizda juda ham oqsamoqda. Bu masala bo'yicha juda ham ko'p ishlashimiz lozim bo'ladi, chunki bizda etuk malakali sportchilarni, ularga zaxira tayyorlash bizda muammo bo'lmoqda. Vaholanki, ushbu yo'lda ham bizga dastur taqdim etilgan va kamchiliklarimiz ochilib qolmoqda. SHuning uchun ham Tokiodagi Olimpiada, boshqa xalqaro musobaqalarga sportchilarni tayyorlash borasida boshqacha tizim ishlab chiqildi. Yuqorida aytilgan sport turlari bo'yicha biz tizim borasidagi ishlarni boshlash niyatimiz bor. Yurtimiz xududlarini to'rt qismga bo'lgan holda ushbu musobaqalar olib boriladi. Unda viloyatlarda shakllantirilgan terma jamoalar ishtirok etishadi. Final bosqichlariga esa har bir guruhning eng yaxshi jamoasi chiqadi va hal qiluvchi bahslarda qatnashishadi. Bu musobaqalarga biz oliy sport mahorati maktabi mutaxassislari, viloyatimizda faoliyat olib borayotgan murabbiylarni taklif etganmiz. Ular turnirda ishtirok etayotgan sportchilarning imkoniyatlariga baho berishadi va tanlab olingan sportchilar esa terma jamoalarga nomzod sifatida tanlab olinadi. Bu sportchilar esa chet davlatlarida yig'inlar olib boradi, turli hil xalqaro turnirlarda qatnashishadi. Biz bu erga aynan mana shu masala borasida suhbat olib borish uchun to'plandik".
Anjumanda musobaqalar to'rt hududga bo'lingan holda tashkil etilayotgani, bu viloyat terma jamoalariga qulaylik yaratishi takidlandi. Unga ko'ra birinchi hududdan Andijon, Farg'ona, Namangan va Toshkent viloyatlari, ikkinchi hududdan Toshkent shahri, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari, uchinchi hududdan Qashqadaryo, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari hamda so'nggi to'rtinchi hududdan Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm hamda Buxoro viloyatlari joy olishgan. Hududlarga bo'linayotganda viloyatda qaysi sport turi taraqqiy etgan, yaxshi rivojlanganligiga etibor qaratildi. Gap shundaki, bitta hududda kuchli jamoalar ko'p bo'lmasligining oldi olindi. Bu esa keskin kurash va sof raqobatning yuzaga kelishini taminlaydi. Albatta, bu tizim o'zbek sporti uchun yangilik hisoblanadi.
Jasur Matchanov: "Musobaqani o'tkazishdan yana bir maqsad - ommani sportga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish. Futbol - millionlar o'yini deb bekorga aytilmagan. Biz mamlakatimizda boshqa sport turlarini ham xuddi futbol kabi muxlislarini oshirishni maqsad qilganmiz. Kelajakda har bir sport turini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish, finalga chiqqan jamoalar bilan bayramona tadbirlar o'tkazish kabi niyatlarimiz bor. Bu xalqqa ham, sportchilarga ham yoqadi. SHu orqali sportchilarning musobaqada qatnashishga ishtiyoqi ko'tariladi. Sportchilar bir yilda kamida 5-6 ta xalqaro turnirlarda ishtirok etib, keyingi yillarda yaxshi sportchi bo'lib etishishi kerak bo'ladi".
SHundan so'ng jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
-Barcha sport turlaridagi musobaqalar bir vaqtda o'tkaziladimi yoki boshqa paytlarda bo'lib o'tadimi Final o'yinlarida sovrindor bo'lgan viloyat termalarining o'sha viloyatdagi boshqarmasi taqdirlanishi ko'zda tutilganmi Erkaklar va ayollar terma jamoalaridagi natijalari birgalikda hisoblanadimi yoki alohidami?
-Musobaqalar bir vaqtda o'tkazilmaydi. Bahslar sportchilarimizning musobaqa rejasi, vaqtiga qarab tashkil qilinadi. Federaciya, oliy sport mahorati maktabi, sport vazirligi hamda olimpiya qo'mitasida tizim ishlab chiqilgan. Har bir hududda o'tadigan sport turlaridagi musobaqani o'tkazish vaqtlari elon qilinadi. Bu musobaqani o'tkazish borasidagi asosiy masala. Bizning asosiy vazifamiz - sportchilarni saralab olish. Final bosqichiga hududlarda birinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar yo'l oladi. Yakkakurash sport turlarida vazn toifalari bor. Bazi bir viloyatlarda sportning ayrim turlarida rivojlanishi juda yuqori, ayrimlarida esa pastroq. Lekin bazi vazn toifalarida kuchli sportchi bo'lsa-yu, uning jamoasi hududda etakchilikni qo'lga kirita olmasa, u ham finalga borishi mumkin. Har bir hudud miqyosida terma jamoalar shakllantiriladi. Yurtboshimiz juda ko'p aytadilar, bizga sog'lom raqobat kerak, har bir sohada. Agarda raqobat bo'lmasa o'sish bo'lmaydi. Ayrim sportchilar bor, malum bir darajaga etganda unga beriladigan etibor kuchayishi kerak. CHunki u termaga zaxira sifatida ham kerak bo'ladi. Sportchilar jarohat bilan yonma yon yuradi yoki qandaydir sabablar bilan turnirlarda qatnasha olmay qolishi mumkin. Aynan o'sha paytda zaxira bizga juda ham asqotadi.
Musobaqani viloyatlarda o'tkazishdan yana bir maqsad shundaki, aynan o'sha sport turining viloyatda rivojlanishiga turtki bo'lishi kerak. SHu orqali viloyatlarda sport turlari bo'yicha samaradorlikni oshirish niyatimiz bor.
Rag'batlantirish masalasiga kelsak, sportchilar milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan rag'batlantirib boriladi. Ular keyinchalik Olimpiya tizimi bo'yicha shug'ullantirib boriladi.
Musobaqada ayollardan ko'ra ko'proq erkaklarga ko'proq etibor berishni niyat qilyapmiz. Hozircha bu tizim test rejimida ishlaydi. Buni rivojlanish darajasiga ko'ra, jamoalarda ayollar va erkaklar jamoalarini alohida tashkil etishni rejalashtiryapmiz. Hozircha biz faqatgina erkaklar jamoalari bilan cheklanyapmiz.
Finalda g'olib bo'lgan sportchilar jamoaviy tarzda rag'batlantiriladi. Sportchilarga beriladigan summalar haqida esa keyinroq malumotga ega bo'lasizlar.
Sportchini tayyorlagan murabbiylar, o'sha viloyat jismoniy tarbiya boshqarmalari ham tegishli tartibda moddiy rag'batlantiriladi. Moddiy rag'bat berish – hal etsa bo'ladigan masala. Bu muammo emas. Asosiysi – sara sportchilarni saralab olish. Ularni xalqaro darajada tayyorlash. Sport turlarni viloyatlarda rivojlanishi har hil darajada. Buxoroda Olot dzyudo sport maktabi bor. Ko'pchilik dzyudochilarimiz o'sha erda tarbiyalangan. Nima uchun sportchilarning rivojlanishi juda sust, nimalar bunga sabab bo'lmoqda. Biz mana shularni o'rganishimiz kerak. Musobaqalar orqali nafaqat sportchilarni saralab olish, balki yana bir necha masalalarni hal qilib olishimiz ham kerak. Ushbu musobaqalarni kuzatib borayotgan murabbiy o'zi uchun yangicha tajribalarni orttirishi ham kerak. SHu boisdan ham biz bu musobaqalarni ko'paytirish niyatidamiz. Oldinroq aytilganidek, bu musobaqa test rejimida ish olib boradi.
Hozircha buni yakkakurashlarda boshladik, keyinchalik qolgan sport turlariga ham tatbiq qilinadi. Qilichbozlik sport turi bizda ham rivojlanib ketsa, ushbu sport turiga ham ushbu tizimni qo'llab ko'rishni rejalashtiryapmiz. Biz respublikamizda keng tarqalgan yakkakurash sport turlari bo'lganligi uchun aynan shulardan boshladik. CHekka-chekka qishloqlardagi yigitlar qolib ketishi kerak emas. Ushbu tizim orqali murabbiylarning echilmagan muammolari hal etishni ko'zlamoqdamiz. Fikrlar bo'lsa marhamat, almashamiz. Keyinchalik bu bizga foyda berishi mumkin.
-Bazida shunday holatlar yuzaga keladiki, yakkakurashlarda mag'lub bo'lgan sportchilar hakamlikdan norozi bo'ladilar. Bunday holatlarga nisbatan vakil, komissiya biriktirilishi rejasi bormi? Balki bu mayda masala kabi ko'rinar. Ammo, men buni juda muhim jihat deb hisoblayman.
-Juda ham o'rinli fikr. Haqiqatdan ham bizda shunday muammolar bor. Buni rad etib bo'lmaydi. Siz aytgan masala, bizning kun tartibimizda ham bor edi. Musobaqalarda hakamlikni nazorat qiluvchi, uni shaffofligini taminlash maqsadida milliy olimpiya qo'mitasidan, dektorat bo'lgan mutaxassislar hamda ekspertlar taklif qilinadi. CHunki biz oldingi holatga qaytib qolishimiz kerak emas. Agarda yana o'sha holat takrorlanadigan bo'lsa, shuncha qilgan ishimiz sarobga aylanishi mumkin. SHuning uchun bu vaakillar hakamlarning ishlariga hamda shaffoflikni taminlash uchun ham ishlashi kerak. Uchrashuvlar, musobaqalar videotasmaga yozib olinadi va taxlil qilib boriladi. Bu orqali biz sportchilarning yutuq va mag'lubiyatini emas, balki, barcha sportchilarning texnikasi hamda mahoratini kuzatishda ham bir qo'llanma bo'lib xizmat qilishi kerak. Sport har doim harakatda, u qotib turmaydi. Yangiliklarni tezlik bilan qabul qilish, sportchilarning boshqacha usullarini ko'rish biz uchun juda ham muhim. Bu bizning dasturimizga kiritilgan.
Ayni damda bu kamchilik barcha sport turlarida bor desak hato bo'lmaydi. Yaxshi sportchilar shunday nopok kimsalarning qurboniga aylanib qoladi. Hozirgi kunda biz hakamlikka ham katta etibor berib, ularning mahoratini oshirib, xalqaro toifaga tayyorlashni niyat qilyapmiz. CHunki xalqaro hakamlar bizda juda kam, shu boisdan butun bir musobaqa bir hakamning qarorlariga bog'liq bo'lib qoladi. Yani, bizda alternativlik juda kam. SHuni ham rivojlantiramiz. Biz tomondan tayinlangan komissiya hakamlarning berayotgan baholariga javob beradi.
Respublika miqyosida o'tkazilayotgan musobaqani saviyasiz tarzda o'tkazish noshudlik bo'lsa kerak. CHunki musobaqada sportchining ishtiroki – murabbiyning, mamlakatning, ushbu sohaning yuzidir. Agarda u chet elga borib, sharmandali ahvolga tushib qolsa, uning ortidan ko'pchilikning yuzi erga qarab qolishi mumkin. SHuning uchun ham biz buni ildizi bilan qo'porib tashlashimiz kerak. SHunday qilinsa, o'sha sport turidan har doim natija kutsa bo'ladi. Faqatgina kuchlilar yutishi kerak.
Mirjalol Normatov tayyorladi
Fikrlar