So’nggi yangiliklar

08:34Даниил Ейбог жорий мавсум нима учун халқаро мусобақаларда иштирок этмаётганини очиқлади 0 08:03WTA рейтинги янгиланди. Теннис маликаларимиздан бири 25 поғона юқорилади. Қолганларичи? 0 07:32Кубарси Европада йилнинг энг яхши ёш футболчисига бериладиган Golden Boy совринини қўлга киритди 0 07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0

24 okt 19:01
Yangiliklar

Boks/MMA

O'zbekistonda MMAga taqiq, dinda ushbu sport turiga munosabat va boshqalar. Liliya SHakirova debyut oldidan fikrlarini bildirdi

Teglar :  Liliya SHakirova
UFC'da o'zbekistonlik ilk ayol MMAchi sifatida tarixga kirishi kutilayogan Liliya SHakirova o'z intervyularidan birida O'zbekistonda MMAga qo'yilgan taqiq va boshqa masalalar haqida gapirdi.

Liliya SHakirova: Men dinda jang qilish taqiqlanganiga qaramasdan bunga qaror qilganman. 


- O'zbekistonda o'tgan yilgacha MMA bilan vaziyat og'ir edi. Bu sport turi yaqin yaqingacha taqiqda edi. Qiz bola uchun bu sportda shug'ullanish, umuman musobaqalarda ishtirok etish qiyin bo'lmadimi?

- Ha, boshida buni juda ko'p muhokama qilishgan. Men zallarga kira olmaganman. Ammo meni taniydigan bokschi va kurashchilar bilan mashg'ulot o'tkazardim. 

Birinchi jangda ular menga tayyorlanishga yordam berishgan edi. Qolganlar esa bunga rozi bo'lishmagan. "Biz qizlar bilan ishlamaymiz. Ular nozik bo'lishadi",-deyishgan edi. 

Keyinchalik men Xitoydagi musobaqada g'alaba qozonganimda ular menda nimadir borligini, unchalik ham nozik emasligimni sezishdi. Murabbiylar erkak sportchilarga men bilan ishlashni topshirishdi. Ular ham rozilik bildirishga majbur bo'lishdi. Sababi, buni murabbiy buyurgan edi. 

Biz ishlashni boshlaganimizdan so'ng, men ularga raqobat qila olishimni tushunishdi. Ular bor kuchlari bilan ishlashni boshlashdi. 


- Din taraflama ham biror tushunmovchiliklar bo'lganmi? Sababi, O'zbekiston musulmon mamlakat...

- "Ha, boshida meni juda ko'p tanqid qilishdi. "Sen qiz bolasan, sen jang qilishing kerak emas" deyishdi. Ammo, men jang qilishni xohlar edim. Men dinda harakatlarim taqiqlanganligi haqidagi gaplarga etibor bermadim. Jang qilishda davom etdim. SHu sababli men hozir Abu-Dabidaman. O'sha payt qarshi bo'lganlarni barchasi hozir meni qo'llashadi",-dedi Liliya SHakirova.

Reyting: -2   

Fikrlar

   
24 okt 19:43:15
Нуриллох Абдуллайев
Dinni hurmat qilmapti. O'zbek qiziga yarashmas ekan.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing