So’nggi yangiliklar

10:33U-18 Жаҳон чемпионати. Хоккейчиларимиз бу сафар Туркияни мағлуб этишди 0 10:12Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради 0 09:51Богдан Гусковнинг кейинги рақиби ким бўлиши аниқ 0 09:30Ёзда 51 ёшга тўладиган Чусовитина Жаҳон Кубогининг финалига чиқди 0 09:09Prague Masters. Абдусатторов яқин таъқибчисини мағлуб этди ва яна пешқадамга айланди 0 08:48Transfermarkt. Шомуродовнинг нархи яхшигина ошди, Файзуллаевникиси эса... 0 08:27Янги гольф-курорт мажмуасини барпо этиш лойиҳаси муҳокама қилинди 0 08:06Mangu 2 турнирининг учинчи жанги эълон қилинди + ПОСТЕР 0 07:45Иккинчи ракеткамиз Анталия турнири 1/8 финалида кортга чиқди 0 07:24Испания дипломатик можаро фонида ЖЧ-2026`да иштирок этишдан воз кечиши мумкин 0 07:03IBF яна Биволга имконият бермоқда 0 18:05Ёш боксчиларимиз Таиланддаги халқаро турнирда иштирок этишади 0 17:39Пётр Ян: "О’Мэллига қарши жангда мендан ғалабани ўғирлашганди" 0 17:17Чарльз Оливейра иккинчи камар учун вазнини ўзгартириш эҳтимолини истисно қилмади 0 16:55"Манчестер Юнайтед" шов-шувли қадам тайёрламоқда 0

31 okt 14:18
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekistonda nishonlangan dzyudo kunidan videolavhalarni tomosha qiling (VIDEO)

Teglar :  Dzyudo
28 oktyabr kuni dzyudo asoschisi Dzigoro Kano tavallud topgan kunda butun kurrai zaminimizda Butunjahon dzyudo kuni keng nishonlandi.

Xalqaro dzyudo federaciyasiga azo 5 qitaning 200ga yaqin mamlakatida, shu jumladan O'zbekistonda ham bu o'ziga xos dzyudo bayrami sifatida tantana qilindi. Avvaliga Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda barcha viloyatlarda boshlangan bayram tadbirlari kunning ikkinchi yarmida poytaxtga ko'chdi. 

O'zbekiston dzyudo federaciyasida o'tgan marosimda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, MOQ vice-prezidenti, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, Milliy Paralimpiya associaciyasi rahbari Muxtorxon Tashxodjaev, olimpiya o'yinlarining uch karra sovrindori Rishod Sobirov, terma jamoamiz etakchilari, sport fidoyilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Darvoqe, bu yilgi bayram tadbirlari “Ko'chat ek!” shiori ostida o'tkazildi. Ko'chat ekish marosimlari zamirida atrof-muhit va tabiatni asrash singari ezgu ishlar mujassam. Sportimiz mutasaddilari va jajji dzyudochilarimiz Xalqaro dzyudo federaciyasi tomonidan qabul qilingan shiorga mos tarzda ko'chat ekishdi. SHundan so'ng bayram tadbiri Federaciya hududida qisqa fursatda bunyod etilgan zamonaviy sport zaliga ko'chdi. 

Tadbirlardan videoni tomosha qiling:

(TAS-IX)

 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing