So’nggi yangiliklar

17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0

17 fev 15:50
Yangiliklar

Qishki sport turlari

O'zbekistonda qishki sport turlari rivojlanadi

Teglar :  Qishki sport
Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizda qishki sport turlarini rivojlantirishga alohida urg'u qaratilgandi.

Quvonarlisi, o'tgan qisqa vaqtda respublikamizda mazkur yo'nalishni ommalashtirish va rivojlantirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Bunga xokkey bo'yicha birinchi O'zbekiston chempionatiga start berilgani, qolaversa yaqinda O'zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda sportning qishki va murakkab texnik turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi bilan hamkorlikda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan havaskor sportchi yoshlar o'rtasida ilk marotaba “Chimgan Challenge” qishki sport turlari bo'yicha Yoshlar festivali o'tkazilganini misol keltirish mumkin.


Ilk marotaba Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida tashkil etilgan “Chimgan Challenge” qishki sport turlari bo'yicha Yoshlar festivalida ishtirokchilar tog' chang'isi, snoubord hamda kenja sport turlaridan qor ustida voleybol bo'yicha o'zaro musobaqalashdi.

Yurtimiz quyoshli va issiq o'lkalar sirasiga kiradi, bizda qorli, sovuq kunlar uncha ko'p bo'lmaydi. SHunday bo'lsa-da xalqimiz, ayniqsa yoshlar orasida qishki sport turlariga bo'lgan qiziqishning ortib borayotganligi kishini quvontiradi. Buni “Chimgan Challenge” qishki sport turlari bo'yicha Yoshlar festivali ham tasdiqladi.

Bu festivalni tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad – yoshlar orasida qishki sport turlariga mehr uyg'otish, ularning bo'sh vaqtlarini qishki sport turlari bilan band qilish va eng asosiysi, yoshlarimiz orasidan yuksak iqtidor egalarini saralab olgan holda mamlakat terma jamoalarini shakllantirish hamda ularda raqobatni oshirish. Ochig'i, so'nggi yillarda mamlakatimizda qishki sport turlari ancha oqsayotgandi. Bunga davlatimiz rahbari o'z vaqtida etiborlarini qaratgan holda yurtimizda qishki sport turlarini rivojlantirish va yoshlarni ushbu yo'nalishga jalb etish, aholi orasida sog'lom turmush tarzini faol targ'ib qilish borasida dasturulamal belgilab berdilar. SHuningdek, bu borada Vazirlar Mahkamasining chora-tadbirlar dasturi ham ishlab chiqildi va ushbu dasturga asosan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdik.

Unga muvofiq, ayni paytda qishki sport turlarini barcha hududlarimizda, ayniqsa olis tog'li qishloqlarda rivojlantirish va ularga yoshlarni keng jalb qilish, qolaversa shaharlarimizda muz saroylarini barpo etish borasida aniq vazifalar belgilab berilgan. Bo'stonliq tumanida tashkil etilgan “Chimgan Challenge” qishki sport turlari bo'yicha Yoshlar festivali shu yo'nalishdagi birinchi tadbirimiz. O'ylaymanki, bu tadbir ananaviy bo'lib qoladi. Kelajakda biz qishki sport turlariga qiziqadigan va iqtidorli yoshlarimizni saralab olgan holda 2022 yili Xitoyda tashkil etiladigan qishki Olimpiya o'yinlarida munosib ishtirok etishni maqsad qilganmiz, - dedi sportning qishki va murakkab texnik turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Komiljon Xolmatov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing