So’nggi yangiliklar

08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

08 avg 23:05
Yangiliklar

Taekvondo

O'zbekistonda shov-shuvga sabab bo'lgan taekvondo bo'yicha fleshmob qay tarzda tashkil etildi? + FOTOGALEREYA

Teglar :  TaekvondoFleshmob
"Bunday katta fleshmob taekvondo tarixida hech qachon bo'lmagan".

Bu Butunjahon taekvondo federaciyasi prezidenti CHungvon CHoyning bugung O'zbekistonda o'tkazilgan tadbir davomida aytgan gaplari. 

O'zbekiston taekvondo associaciyasi ushbu musobaqa doirasida yana bir ahamiyatli tadbirga qo'l urdi. Bugun poytaxtimizdagi “Xalqlar do'stligi” maydonida, avvalo, sog'lom turmish tarzini, shuningdek, taekvondoni targ'ib qilish yo'lida katta fleshmob tashkil etildi. Unda ushbu sport turida katta yutuqlarga erishgan hamyurtlarimiz, yuzlab mahalliy va Janubiy Koreyadan kelgan yosh taekvondochilar o'z mahoratlarini namoyish qilishdi. Fleshmobda jami 2019 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Ushbu tadbirni jahon taekvondo federaciyasi rahbari CHungvon CHoy ham katta qiziqish bilan kuzatib bordi. Martabali mehmonga Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi rahbari SHerzod Toshmatov hamrohlik qilishdi.

Tadbirda mehmonlarga taekvondo bo'yicha Jahon chempionati uchun tayyorlangan maxsus rolik namoyish etildi. SHundan so'ng o'tgan oy yurtimizda katta tantana ostida o'tgan “Olimpiya kuni”ga bag'ishlab tayyorlangan rolik namoyish etildi. Tabiiyki, bunday katta masshtabdagi sport tadbiri CHungvon CHoyni ham tasirlantirmay qolmadi.

“Go'zal Toshkentda ilk bor bunday ommaviy sport tadbirida ishtirok etmoqdaman. Bu yurt farzandlaridagi taekvondoga bo'lgan muhabbat bizga yanada kuch beradi. Bugungi bellashuvda O'zbekiston terma jamoasi o'zining dastlabki medalini qo'lga kiritdi. Ishonamanki, chempionat davomida o'zbekistonlik taekvondochilar oltin medallarga sazovor bo'lishga ham qodir. O'zbekiston taekvondo associaciyasida musobaqaga tayyorgarlik uchun qisqa vaqt bo'lishiga qaramasdan jahon chempionatini bazi kattalar o'rtasidagi turnirdan ham chiroyli tarzda tashkil etishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu musobaqani yuqori saviyada tashkil etishda bosh-qosh bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga chuqur minnatdorchilik bildirib qolaman. Bunday katta fleshmob taekvondo tarixida hech qachon bo'lmagan. Mazkur chempionatga bag'ishlangan rolik tayyor bo'lishi bilan uni jahon taekvondo federaciyasining saytiga joylab, tashkilotimizga azo 209 mamlakat federaciyalariga namuna sifatida ko'rsatamiz”, – dedi CHungvon CHoy. 

Fleshmob davomida CHungvon CHoy 13 nafar yosh o'zbekistonlik taekvondochiga ismli belbog'larni topshirdi. 

Takidlash joiz, bunday tadbirlarning o'tkazilishi yoshlarimizda sportga bo'lgan mehrning uyg'onishi, ularning jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishlari uchun katta turtki bo'lib xizmat qiladi. 

O'zbekiston taekvondo WTF Associaciyasi matbuot xizmati

 

 

 


 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing