So’nggi yangiliklar

09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0

29 sen 17:03
Yangiliklar

Taekvondo

O'zbekistonda taekvondo WTF targ'iboti yanada kuchaytiriladi

Teglar :  Taekvondo
Xabaringiz bor, 20 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev jismoniy tarbiya va sport masalalariga bagishlangan yig'ilish o'tkazib, mamlakatimizda sportning ommaviyligini oshirish, uni yanada rivojlantirish bo'yicha istiqboldagi muhim vazifalarni belgilab bergandilar.

Xabaringiz bor, 20 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev jismoniy tarbiya va sport masalalariga bagishlangan yig'ilish o'tkazib, mamlakatimizda sportning ommaviyligini oshirish, uni yanada rivojlantirish bo'yicha istiqboldagi muhim vazifalarni belgilab bergandilar.

Yurtboshimiz tomonidan berilgan bir qator muhim topshiriqlar ijrosini taminlash, uni amalga oshirish maqsadida bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi bilan O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasida katta yig'ilish o'tkazildi. Unda yurtimizda taekvondoning WTF yo'nalishini yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish, terma jamoa uchun yangi nomlarni saralab olish kabi masalalar muhokama qilindi. SHuningdek, aholi gavjum joylarda, jumladan markaziy ko'chalar, istirohat bog'larida taekvondoni targ'ib qilish, aholini sportning ushbu turiga qiziqtirish, mehribonlik uylarida turli ko'rgazmali mashg'ulotlar o'tkazish, shuningdek, bog'cha-maktablarda taekvondo to'garagini ochish bo'yicha fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi.

Qolaversa, O'zbekistonda ilk marotaba 7-11 yoshli sportchilar o'rtasida taekvondoning kuryugi va pumse yo'nalishlari bo'yicha Respublika birinchiligi o'tkazilishi malum qilindi. Qayd etish lozimki, avvallari bunday yoshdagi taekvondochilar o'rtasida ushbu yo'nalishlar bo'yicha O'zbekiston chempionati tashkil qilinmas edi. Bu qadam mamlakatimizda sportning ushbu turi rivojiga o'z hissasini qo'shishiga shubha yo'q.

Yig'ilish davomida yaqinlashib kelayotgan ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan taekvondo bo'yicha sportchilarni tarbiyalayotgan bir qator murabbiylarga esdalik sovg'alari topshirildi. Sportchilarimizning qo'lga kiritayotgan yutuqlarida ustozlarning o'rni beqiyos ekanligi alohida qayd etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing