So’nggi yangiliklar

15:0419 ёшли Мбоко Гонконгдаги турнирда чемпион бўлди 0 14:43Иржи Прохазка ўрта вазнга ўтиш шартини айтди 0 14:22Майкл Зерафа: "Цзю билан жанг қилиш учун тўйимни бекор қилдим" 0 14:01"Барселона" бир шарт билан Маркус Рэшфордни сотиб олиши мумкин 0 13:40WTA Finals. Жессика Пегула дербида Коко Гоффни енгди 0 13:19"2015 йилдаги талқинимни биринчи раундда бўғиб қўйган бўлардим" - Ислам Махачев 0 12:58Усикнинг жамоадоши кейинги рақиб ким бўлиши мумкинлиги ҳақида гапирди 0 12:37Суперлига. Тошкент дербиси билан тур якунланади 0 12:16Оливейра Холлоуэй билан реванш ҳақидаги гапларга муносабат билдирди 0 11:55Эдди Хирн Энтони Жошуа шу йил жанг қилишини айтди 0 11:34Арман Царукян Россиянинг Америкадан устун жиҳатини айтди 0 11:13АПЛда навбатдаги истеъфо рўй берди 0 10:52Қўрғонтепада белбоғли кураш бўйича Ўзбекистон Кубоги ўтказилди 0 10:31"Бизнесс-классда юрса бўлади". Богдан Гусков чемпионлик ва ундан кейинги режаси ҳақида гапирди 0 10:10U 23 Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

31 may 16:37
Yangiliklar

Gimnastika, Qiziqarli!

O'zbekistonda tug'ilgan, Putinning xotini ekanligi aytilayotgan Alina Kabaeva haqida 8 ta qiziqarli fakt

Rossiya ommaviy axborot vositalari orqali bir necha kun oldin mashhur gimnastikachi Alina Kabaeva egizak farzand tuqqani va ularning otasi Vladimir Putin ekanligi xabar berildi.

Lekin bu aniq malumot emas. 

Bugun biz sizga Kabaeva hayotida shunga o'xshagan yana sakkizta qiziqarli faktlarni keltirib o'tamiz.

#1. Nooddiy oila 


Alina Maratovna Kabaeva 1983 yilning 12 mayida Toshkent shahrida tug'ilgan. Otasi taniqli futbolchi Marat Kabaev bo'lib, faoliyatining katta qismini «Paxtakor» klubida o'tkazgan. Onasi Lyubov Kabaeva ham professional sportchi bo'lib, o'z vaqtida basketbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi hisoblangan. Kichik singlisi Leysan Kabaeva qilichbozlik bilan shug'ullangan, biroq keyinchalik hayot yo'lini yuridik sohada davom ettirishga qaror qilgan. 


#2. Sovg'a sifatida badiiy gimnastika to'garagi

Alinaning ota-onasi qizlari yoshligidan sport bilan shug'ullanishini xohlashgan, dastlab yosh qizaloqni figurali uchish sport turiga olib bormoqchi bo'lishadi. Lekin, serquyosh Toshkentda bunday imkoniyat yo'qligi uchun, Alinani badiiy gimnastikaga olib borishga qaror qilishadi. Alinaning badiiy gimnastikaga borishi ham qiziqarli bo'lgan. Sababi, ular yashaydigan tumanda badiiy gimnastika sport klubi yo'q edi. SHu sababli, Alinaning shahar sport qo'mitasida ishlaydigan bobosi gimnastika sport klubi ochadi va qizaloq sportning ushbu turi bilan shug'ullanishni boshlaydi.


#3. Sport faoliyati va doping mojarosi


Alina o'n bir yoshga to'lganda onasi bilan birga Moskva shahriga ko'chib keladi va bu erda Rossiyada xizmat ko'rsatgan murabbiy Irina Viner qo'l ostida shug'ullanishni boshlaydi. Irinaxonim Alina bilan juda qattiq ishladi uni dieta qilishga majbur qildi. O'sha paytlari Kabaevaning asosiy ozuqasi faqatgina suv orqali bo'lardi. Qatiy intizom va tinimsiz mashg'ulotlar tez orada o'z samarasini berdi. 1998 yilda Kabaeva Evropa chempionligini qo'lga kiritdi. SHundan so'ng yana to'rt bor Evropanining mutloq chempioniga aylandi. 2000 yilda Sidneyda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlariga u favorit sifatida boradi, lekin halqa bilan mashqdagi birgina xatosini uni uchinchi o'rin bilan kifoyalanishga majbur qilgan.

Kabaeva 2001 yilda doping mojarosiga aralashib qoladi va uning qonidan taqiqlangan furosemid moddasi topiladi. SHundan so'ng, uning barcha sovrinlari olib qo'yilib ikki yilga sportdan chetlatilgan. Oradan vaqt o'tib, u sportchilik faoliyatini yakunlashini malum qilgan. 


#4. Dinni o'zgartirishi


2004 yilgi Afina Olimpiadasidan oldin Kabaeva dinini o'zgartishiga qaror qiladi. U shu yili islom dinidan chiqib, xristian diniga etiqod qilishni boshlagan. 


#5. Oilali odam bilan ishqiy munosabat


Alina Kabaeva miliciya kapitani David Mussalini bilan ishqiy munosabatda bo'lgani haqida xabar tarqaladi. Juftlik bir necha yil davomida uchrashib yurishdi va turmush qurishga ham tayyorgarlik ko'ra boshlashadi. Lekin, oxirigi kunlarda to'y marosimi bekor qilinadi. To'yning bekor qilinishga sabab - bir necha kun qolganida Davidning oilasi bor ekanligi malum bo'lib qoladi. SHunday munosabatdan so'ng ham Alina va David hozirgacha do'st bo'lib qolishgan.


#6. Putining yashirin xotini. Lekin rasman tasdiqlanmagan

Bu ishqiy sarguzasht haqidagi dastlaki malumotlar 2008 yilda paydo bo'la boshlangan. Bu haqida xorijiy OAV xabar tarqatib yuboradi. Lekin, Kabaevaning matbuot kotibi bu xabarni yolg'on ekanligini malum qiladi. Prezidentning o'zi esa xabarda hech qanday haqiqat yo'qligini takidlagan. Lekin, 2009 yilda yana bir shok xabar tarqaladi: bu safar Alina Putinga taxt vorisi tug'ib berganini va uning ismini Dmitriy Medvedev sharafiga Dmitriy deb atashgani xabar qilingan. 

Farzand tug'ilishi haqida birinchi bo'lib SHveycariya gazetasi yozadi. U erda tug'ruq jarayoni Jenevadagi hususiy klinikada bo'lib o'tgani haqida xabar berilgandi. SHuningdek, malumotlarga qaraganda Kabaevani ko'rish uchun "baxtiyor ota"ning shaxsan o'zi kelgani malum qilingan. O'sha paytda Putinning shamollab qolgani haqida xabar berilgandi. 

2013 yilda Putin rasmiy xotini Lyudmila Putin bilan ajrashadi. SHundan so'ng Alina va Putin ishqiy munosabati yana ham keng quloch yoyadi. SHu yili Alina Putindan yana bir farzand (qizaloq) tuqqani haqida "The New York Times Post" xabar tarqatadi. Putin va Alina munosabati haqida 2014 yilning 13 fevralida  yana bir shubha paydo bo'ladi. O'shanda Putin nikoh uzugi bilan ko'rinish bergandi. 

Sochi Olimpiadasining ochilish marosimida esa huddi shunday uzuk bilan Alina Kabaeva mashalani ko'tarib chiqadi. 


# 7. Kabaevaning farzandlari kimning familiyasida?

Aniqlanmagan xabarlarga qaraganda, Alinaning farzandlari uning kichik singlisi Leysanning farzandlari deb malumot berilgan. 


#8. Boy merosxo'r

«Dojd» kanali 2016 yilda Vladimir Putinning do'stlari Gennadiy Timchenko va Petr Kolbin Moskva va Sankt-Peterburg markazida joylashgan uchta uyni Alinaning buvisga sotishgani haqida xabar tarqatadi. SHuningdek, biznesmen Akradiy Rottenber 2009 yilda Alinaning singlisi Leysanga Moskva viloyatidagi qimmat uyni sovg'a qiladi. 2013 yilda esa Rottenberg Kabaevaning buvisiga yana bir qimmatbaho uy sovg'a qiladi. 

Alinaning o'zi esa Rossiya Federaciyasi davlat dumasida ishlagan va bu vaqt ichida 750 000 AQSH dollari ishlab topadi. Unda elit kvartiradan tashqari, uchta qimmat avtomobil ham bor.


Kaktakto.com sayti asosida tayyorlandi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing