24 okt 21:53
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonda tug'ilgan Rahmonov UFCda debyut qildi
Abu-Dabi shahrida UFC 254 turniri davom etmoqda.
Turnir doirasida O'zbekistonda tavallud topgan, bugungi kunda Qozog'iston sharafini himoya qiluvchi SHavkat Rahmonov braziliyalik Aleks Oliveyraga qarshi oktagonga chiqdi.
3 raundlik jang birinchi raunddayoq nihoyasiga etdi. Rahmonov raqibini bo'g'ish usulida taslim etdi va UFCdagi debyutini chiroyli g'alaba bilan boshladi.
Qayd etish lozimki, kecha vazn o'lchash marosimida Oliveyra belgilangan vazn meyorini bajara olmagandi. SHu sababli, Aleksning 20 foiz gonorari Rahmonovga beriladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar