19 noy 18:56
Yangiliklar
O'zbekistonga ikki nufuzli xalqaro federaciyaning rahbarlari tashrif buyuradi
Ertaga Butunjahon Xapkido kundo federaciyasi prezidenti Jang Xi CHang hamda Xalqaro W.A.S.C.O, yani Butunjahon yakka kurashlar va jang sanati federaciyasi prezidenti, professor Jianni Saritcu Toshkentga keladi.
Ushbu tashrifdan ko'zlangan maqsad O'zbekistonning nomlari tilga olingan xalqaro federaciyalari bilan hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish, yurtimizda ushbu yakkakurash turlari bo'yicha Osiyo va jahon chempionatlarini o'tkazishdan iborat.
O'zbekiston taekvondo Milliy Associaciyasi raisi Laziz Hasanov hamda Butunjahon Xapkido Kumdo federaciyasining Markaziy Osiyo mintaqasi prezidenti Abdulhakim SHaubaevning xabar berishicha, Jang Xi CHang va Jianni Saritcuning tashrifi O'zbekiston taekvondo ITF associaciyasi hamda O'zbekiston Xapkido federaciyalari tarixida yangi sahifaning ochilishiga xizmat qiladi.
Fikrlar