27 sen 11:51
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik bokschi Avstraliyada kamar uchun jang qiladi (POSTER)
15 noyabr kuni Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtati Bass Xill shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Malum bo'lishicha, turnir doirasida o'zbekistonlik professional bokschi Farruh Arslonov ham ringga ko'tariladi. 27 yoshli hamyurtimizga o'sha kuni Avstraliya vakili Jeyson Foukett raqib bo'ladi.
Jang birinchi yarim o'rta vazndagi WBA Oceania kamari uchun o'tkaziladi.
Farruh Arslonov faoliyati davomida 10 ta jang o'tkazib, 8 g'alaba, 1 mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. 25 yoshli Jeyson Foukett hisobida esa 10 ta g'alaba va 2 mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar