15 iyu 15:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov mashg'ulotlarni xorijda davom ettiryapti (FOTO)
Havaskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni, ayni damda faoliyatini prof boksda davom ettirayotgan o'zbekistonlik Bahodir Jalolov keyingi jangi uchun tayyorgarlikni boshladi.
U Instagram sahifasi orqali Rossiya Federaciyasining Sankt-Peterburg shahrida olib borayotgan mashg'ulotidan lavha joyladi. Jalolovga murabbiyi Farruh Qilichev hamrohlik qilayotganini ko'rish mumkin.
Avvalroq, Big Uzbek'ning 26 iyul kuni Nyu-Yorkda jang qilishi haqida xabar bergandik.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar