28 jan 18:11
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbekistonlik bokschi Qozog'istonga ko'chib o'tmoqda - manba
O'zbekiston terma jamoasining sobiq azosi Sayat Ilyasov faoliyatini Qozog'istonda davom ettirishga qaror qildi.
Bu haqida jurnalist Aslan Kajenov malum qildi.
"Bungacha O'zbekiston terma jamoasi nomidan musobaqalarda ishtirok etgan bizning qondosh Sayat Ilyasov endi Qozog'iston terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Ichki musobaqalarda u Mangistau oblasti nomidan bahslarda qatnashadi. Katta ehtimol bilan uning shaxsiy murabbiyi Marat Jakiev bo'ladi. Bundan tashqari u mart oyida professional boks oqshomida ishtirok etadi. Omad!", - deb yozdi Kajenov Instagramdagi sahifasida.
Malumot uchun, Sayat Ilyasov bungacha O'zbekiston terma jamoasi safida -60 kg vazn toifasida musobaqalarda ishtirok etgan. Ushbu vazn toifasida Olimpiada va Jahon chempioni Abdumalik Xalokov yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar