24 dek 15:15
Yangiliklar
Karate
O'zbekistonlik ilk ayol Jahon chempioniga aylangan karate ustasi Gulshan Alimardonova Prezident sovg'asi - avtomobil bilan taqdirlanadi
Bu haqda UZA nashri xabar bermoqda.
Dekabr oyi avvalida Misrning Qohira shahri karate bo'yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan edi. Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azosi Gulshan Alimardonova (50 kg) musobaqada g'alaba qozonib, oltin medalga ega chiqqan o'zbekistonlik ilk ayol karatechiga aylangandi.
Malum bo'lishicha, sportchi Hukumat qaroriga ko'ra, Prezident sovg'asi — BYD SONG PLUS DM-i UzPride avtomobili bilan taqdirlanadi.

Havola :
Manba : UZA
Fikrlar