17 avg 09:07
Yangiliklar
O'zbekistonlik jangchi ertaga Octagon ligasi chempionligi uchun oktagonga chiqadi
Biz uchun ahamiyatlisi, oqshomning markaziy jangida o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Islom Boltaev (3-2) ozarbayjonlik Gunduz Nabiev (6-4) bilan to'qnash keladi. Jang mazkur vazndagi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechadi.
Qizig'i, Boltaev o'zining so'nggi jangida aynan Gunduz Nabievdan ustun kelgan edi. O'sha jang 4 mart kuni Toshkentda tashkil etilgan Octagon 42 turniri doirasida o'tkazilgan edi. Nabiev esa Boltaev bilan ilk jangdan so'ng iyun oyida Maziar Elhamivarmezani mag'lubiyatga uchratdi.
Ozarbayjondagi mazkur turnir doirasida o'zbekistonlik yana bir aralash yakkakurash ustasi - Doston Bozorov ham oktagonga chiqishi haqida xabar berilgan edi. Ammo Bozorovning raqibi haligacha elon qilinmagan.
Fikrlar